Hayvonot haqida latifalar

Chumoli va fil chegarani noqonuniy kesib o‘tishmoqchi bo‘lib, chegaraga yaqinlashishibdi. Shunda chumoli birdaniga yerga yotib olibdi. Fil hayron bo‘lib:
— Iye chumoli, nega yotib olding? - desa, chumoli:
— Sen ketaver do‘stim! Meni chegarachilar ko‘rib qoldi, - dermish
Bir ayol bozordan yangi to‘ti sotib olib, uyga kelgach, qafasni yoniga boribdi-da:
— Xo‘sh, rang-barang mahluq, gapirishni bilasanmi? - desa, to‘tiqush birdan tilga kirib:
— O‘zing-chi, alvasti! Ucha olasanmi? - dyermish.
Afandi eshakni ustiga o‘tirib olib, bitta qopda tuz yuklab ketayotsa, yo‘lda uchragan odamlar:
— Eshakni qiynab qo‘yibsiz-ku! O‘zingiz o‘tirib olibsiz. Qopda tuzni ham ortib olibsiz! - deyishsa, afandi shartta eshakdan tushib, qopdagi tuzni yelkasiga ortib, eshakni ustiga o‘tiribdi-da:
— Ana, endi bo‘ldimi?! - deb yo‘lida davom etgan ekan.
Bir kuni o‘rmonga bo‘rilar to‘dasi bostirib kelibdi. Daraxt panasida berkinib yotgan quyonni ushlab olib, unga:
— O‘rmondagi eng yuvvosh jonzodni yeymiz, - deyishsa,
— Agar sherga tegsalaring, yirtaman!, - debdi quyon.
Xotin eridan so‘rabdi:
— Adasi, men sizga qaysi chiroyli, yoqimtoy jonivorni eslataman? - debdi nozlanib.
Eri xotiniga tikilib turib:
— Yaxshi eslatding! Bir piyola sut olib kelgin... – degan ekan.
Bir kuni Axmadboy baliq oviga boribdi. Qarmogʻiga tilla baliq ilinibdi.
— Tila tilagingni! 3 ta tilagingni bajo keltiraman! – desa, Axmadboy:
— Sen shu 3 ta tilakni bajarish qobiliyatingni menga berib turgin! Kelgusi yil 6 ta qilib qaytaraman... – degan ekan.
Bir kishi bozordan sotib olgan to‘tiqushini gapirishga o‘rgatyapti:
Kishi:
— Men yurishni bilaman.
To‘ti:
— Men yurishni bilaman.
Kishi:
— Men gapirishni bilaman.
To‘ti:
— Men gapirishni bilaman.
Kishi:
— Myen ucha olaman.
To‘ti:
— Aldama!
Bir kishi hayvonot bog‘iga ishga kirish uchun kelibdi.
Hayvonot bog‘i rahbari haligi kishining mehnat daftarchasini ko‘rib chiqib so‘rabdi:
— Nega bunchalik tez-tez ish joyingizni almashtirgansiz?
— Men juda-yam sekin harakat qilaman, sekin ishlayman, hech narsaga ulgurmayman. Shuning uchun ishdan bo‘shatib yuborishadi, - debdi.
Rahbar:
— Unday bo‘lsa, sizni toshbaqalarga qarash uchun ishga olamiz, - debdi.
Ertalab hayvonot bog‘i xodimlari ishga kelishsa, toshbaqaning qafasi ochiq, ichida hech narsa yo‘q emish.
Bundan xabar topgan rahbar haligi kishini yoniga chaqirib:
— Bu nimasi? Toshbaqalar qayoqqa ketdi?! – desa, u kishi:
— Men qafasni ochishimni bilaman, toshbaqalar shunaqa tez qochib qolishdi-ki, eshikni yopishga ulgurmadim hatto!
Bir irimchi kishi yo‘lda ketayotgan ekan, oldidan qora mushuk o‘tib qolibdi.
Shoshilib orqasiga yetti qadam yurgan ekan, mashina urib ketibdi.
Er xotin janjallashib qolishibdi. Bir soat o‘tgach, axiyri xotini eriga qarab:
— Dadasi bilmaysizmi eshak qancha umr ko‘rib, keyin o‘ladi, - desa
Eri:
— Nima mazang qochyaptimi, - dermish