Kasalxonada haqida latifalar

Kasalxonada yo‘lagida bir odam qattiq hayajonda, u yoqdan-bu yoqqa yuribdi. Xotinini operatsiya qilgan vrach chiqib, g‘amgin holatda gap boshlabdi:
— Xotiningizni hayotini saqlab qoldik. Lekin u komada. Yaxshi parvarish qilsangiz, yana o‘n yil yashashi mumkin.
Vrach eriga qarasa, kayfiyati butunlay tushib ketibdi. Yig‘lab yuborishiga bir bahya qolganini ko‘rib:
— Hazillashdim. Xotiningizni saqlab qola olmadik, - debdi vrach.
Ikkita jinni kasalxonadan qochib ketibdi. Vrachlar, militsiya xodimlari ularni qidirib topa olishmabdi. Kechki payt ikkala jinni, qaytib kelibdi. Sheriklari ularga:
— Nega qaytdilaring? Silarni rosa qidirib, topa olishmadi-ku, - desa.
Ikki jinni:
— Bugun biz repetitsiya qildik, endi ertaga qochamiz, - dermish.
Vrach bemorga:
— Sizni operatsiya qilishdimi?
— Ha.
— Xo‘sh qalay?
— Uch yuz ming!
— Meni tushunmadingiz. Sizda o‘zi nima edi?
— O‘zi yuz ming pulim bor edi.
— Aniqrog‘i, nimaga shikoyatingiz bor?
— Kasalxona to‘lovi juda-yam qimmat...
Tabibdan bemor so‘radi:
— O‘zi bu giyoh dorilarni foydasi bormi?
Tabib:
— Ha, albatta mana katta o‘g‘limga mashina, kenja o‘g‘limga uy olib berdim...
Ikki dugona suhbatidan:
— Hayotingda biror erkakni ko‘rganingda, badaning jimirlab ketganmi?
— Ha, kuni-kecha shunaqasi bilan uchrashdim.
— Kim ekan u?
— Stomatolog yigit ...
Kasalxonada bemor bosh vrach yoniga shikoyat bilan kirdi:
— Palatadoshim tushida mototsikl haydayverib, jonimga tegdi. Boshqa xonaga o‘tkazsangiz!
Bosh vrach:
— Nima, sizga mototsiklning ovozi yoqmayaptimi?
Bemor:
— Yo‘q! Tutuni!!!
Qurilishda ishlaydigan bir yigit doktorga boribdi.
— Doktor, yordam qiling. Ichim qotib qolganmi, bilmayman, hech hojatga chiqa olmayapman.
— Ho‘sh, qani shimingizni yechib engashingchi.
Yigit engashibdi. Doktor:
— Haaaaa, tushunarli, - deb xonasida turgan bir tayoq bilan yigitni ketiga qattiq uribdi:
— Ana endi choping hojatxonaga.
Biroz vaqt o‘tib, yigit xursand holda qaytib kelib:
— Doktor, sizga katta rahmat. Qushday yengil bo‘ldim. O‘zi nima bo‘lgan ekan, tushunmay qoldim.
— Hech narsa bo‘lmagan, faqat bundan keyin ish vaqtida hojatga borsangiz, ketingizni bo‘shagan sement qopiga artmang.
Ruhshunos mijozidan so‘rabdi:
— Men itman degan fikr sizda qachon paydo bo‘lgan?
Mijoz o‘ylanib turib:
— Yosh kuchukchaligimda, - dermish.
Bir soxta tabib odamlarni tomirini ushlab, kasalini aniqlab, dori yozarkan. Bir kuni bemorni chap qo‘l tomirini ushlab, dori yoza boshlasa, bemor tabibga qarab:
— O‘ng qo‘limni tekshiring, chapi pratez, - dermish.
Stomatolog qabulxonasi. Ichkaridan baqirgan, "dod-voy" ovozlari eshitilib, xonadan bir odam chiqib kelibdi.
Boshqa bemorlar:
— Qattiq og‘ritarkanmi?, - deb so‘rashsa,
Haligi odam og‘zidan ikkita uzilgan barmoqni olib tashlab:
— Bilmiman, men baqirmadim, - dermish.