Oila haqida latifalar
— Eng baxtli kunlaringiz qachon bo‘lgan adasi?
Er debdi:
— To‘yimiz bo‘lgan kunni eslaysanmi?... O‘sha kuni baxtli kunlarim tugagan ekan...
"O‘ta kuchli psixotrop vositachilar ta’sirida edim..."
Ichki ishlar xodimi erkakka:
— "Vositachilar" deb emas "vosita" deb to‘g‘ri yozing!
Erkak:
— Yo‘q, bu yerda men xotinim va qaynonamni nazarda tutdim.
— Qo‘shnilar eri xotinini do‘pposlayapti-yu, xotini dod solib yig‘layapti deb o‘ylamasliklari uchun.
— Kechasi ustimga ko‘rpani yopavermang!
Ona:
— Axir shamollab qolishing mumkin.
O‘g‘il:
— Lekin yonimdagi xotinimni usti ochilib qolyapti!
"Bir haftadan beri tug‘ilgan kunimga hech narsa kerakmas deb javrayman. Baribir bugun tug‘ilgan kunim ekani yodingizdan chiqib qoldi! - degan ekan.
— Chunki ular stressga chidamli bo‘lishadi. Eng muhimi uyga umuman shoshilishmaydi.
— Nega kotletlarni hajmi har xil?
Xotini:
— O‘zingiz bir-biriga o‘xshamagan taom pishirgin degandingiz-ku!
Uyga Wi-Fi o‘rnatganimizdan buyon kelinim ovqatlarni tayyorlashni internetdan bemalol ko‘rib olyapti.Faqat endi pishirishga vaqti bo‘lmayapti. Qo‘shni ayollar "Wi-Fi ni o‘chirib qo‘ying" deyishyapti. Tushunolmadim...?!