Oila haqida latifalar

Ota o‘g‘liga:
— Sen pianinoda ko‘proq mashq qilishing kerak.
O‘g‘li:
— Bundan ortig‘i bo‘lmaydi. Butun podezd ko‘chib ketdi-ku.
— Vafodor er bilan bevafo erni farqi nimada?
— Farqi katta. Vafodor er har safar xotiniga "Senga xiyonat qilmaganman" deganida vijdoni qiynalaveradi...
Tug‘ruqxonada:
Vrach:
— Kimni chaqalog‘i yarim soatdan beri yig‘lab yotibdi?
Hamshira:
— Chaqaloq emas, ertalab tug‘ilgan uchta egizakni otasi yig‘lab o‘tiribdi.
Jahli chiqqan er xotiniga debdi:
— Nima uchun bu uyda bo‘layotgan ishlardan men oxirgi bo‘lib xabar topaman?
Xotini:
— Tis-s sekinroq, bolamizni uyg‘otib yuborasiz! – desa, er:
— Qanaqa bola? – debdi.
Sud zalida:
— Gumonlanuvchi, nima uchun siz cho‘kayotgan xotiningizni qutqarishga harakat qilmadingiz?
Erkak javob beryapti:
— Men uni cho‘kayotganini bilmadim. U har doimgidek baqirayotgandi...!
Xotin:
— Odam ham shunchalik bo‘kib ichishi mumkinmi? Hecham tushunolmayman!
Er:
— Tushunmagan ishingga aralashmagin deb nechi martta aytaman senga?!
Tarix fanida o‘qituvchi savol beribdi:
— Fransiya - Prussiya urushi haqida nimalarni bilasan?
O‘quvchi jim turaveribdi.
O‘qituvchi:
— Nega gapirmaysan?
O‘quvchi:
— Dadam urush-janjalga aralashma deganlar, - debdi.
— Kecha xotinim yangi olib bergan mashinani pachoq qilibdi.
— Xotiningni o‘zini ahvoli yaxshimi?
— Hozircha yaxshi. Berkinib olgan, topolmayapman!
Eri ichish va chekishni tashlagan ayollar, ularni boshqa kamchiliklarini seza boshlashadi.
— Lotoreyada pul yutib olsam nima qilasan?
— Voy adasi, pulni yarmini bersangiz, hamma aytgan ishlaringizni qilib qo‘yardim.
— Juda yaxshi! Lotoreyadan 100 ming so‘m yutuq chiqdi. Mana 50 ming. Hovlidagi qorlarni tozala, mashinamni yuvib qo‘y, bozorga borib ro‘zg‘or qilib kel!