Ozbekona haqida latifalar

«Kim bo‘lsam ekan?» degan mavzuda suhbat davom etardi.
«Men styuardessa bo‘lmoqchiman» degan qizdan o‘qituvchi so‘radi:
— Bu kasb haqida hech tasavvurga egamisan?
— Bo‘lmasam-chi! Styuardessa samolyotdagi yo‘lovchilarga ovqat va ichimliklar beradi. Agar birontasi o‘zini yomon his qilsa, uni darhol ochiq havoga olib chiqadi.
Ayting-chi, Goada bo‘lganmisiz?
— Bo‘lganman.
— Gavayi orollarida-chi?
— Bo‘lganman.
— O‘zingizni qay birida yaxshi his qilgansiz?
— Bilmasam... Hammasi bir go‘r. Ikkovida ham xotinim yonimda edi.
Bemor vrachga kelib shikoyat qilibdi:
— Doktor bilasizmi, so‘nggi paytlarda ishxonamda fikrimni jamlab olishim qiyin bo‘lyapti.
— Kasbingiz nima?
— Duradgorman!
— Muammo nimada o‘zi?
— Qo‘limga boltani olishim bilan qo‘shnilarim yodimga tushadi...
— Dugonam xasrat qilyapti:
— Ko‘ylak sotib olgani borgandim, sig‘madi.
— Xafa bo‘lganimdan tort sotib oldim...
— Sig‘ib ketdi, tushmagur!!!
— To‘ydan oldin qanaqa va’dalar bergan edingiz? — deb nozlanib so‘radi xotin.
Er o‘ylab ham o‘tirmay, dadil javob qaytardi:
— Va’dalarim esimda: osmondagi yulduzlarni olib beraman, Oyni hatto Quyoshni ham olib kaftingga tutqazaman, deganman. Lekin har yili yangi palto olib beraman, demaganman.
Poliklinika ro‘yxatxonasi oldidagi yozuvdan:
"Kasallik varaqalari berilmaydi! Shu yergacha keloldingizmi?, ishxonaga ham bora olasiz".
— Siz mani dilimda yashaysiz.
— Siz mani qalbimda yashaysiz.
— Siz mani yuragimda yashaysiz.
Ijara haqini qachon to‘laysiz?!
Xotin eriga:
— Dadasi, esingizdami turmush qurmasimizdan ilgari har bir uchrashuvimiz romantika edi. Kechalari tashqariga chaqirardiz, man uydagilardan bekinib oldizga chiqardim. Qanday mazza edi...
Xuddi shunday uchrashuvga taklif kiling! - desa,
Eri:
— Xo‘p Azizam, bugun kechqurun soat 22:00da bolalarni uxlatib, oshxonaga chiq choy ichamiz! - dermish.
"Fastumgel" bolaligimda, yoshligimda va hozir ham doimiy hamrohim. Bechora kampir, ellik yildan beri bel og‘rig‘idan qutilolmayotgan ekan. Xola maz emas, qo‘y yog‘i bo‘lganida ham shu vaqtgacha tuzatib yuborardi...
Boshliq:
— Toshmatboy, siz endi mening o‘ng qo‘limsiz!
Toshmat:
— Xo‘jayin, men o‘zimga yuklatilgan vazifadan biroz cho‘chiyapman...