Ozbekona haqida latifalar

Haydovchi DAN xodimiga jahl bilan:
— Viloyat DAN boshlig‘i mening qaynotam bo‘ladi, - debdi.
— Yolg‘on! Bo‘lishi mumkin emas!
— Nega yolg‘on deb o‘ylaysiz?
— Unaqada boja bo‘lishimiz kerak edi-da.
Operatsiyadan chiqqan bemor o‘ziga kelib, o‘ziga o‘zi debdi:
— Xudoga shukur eson-omon qutuldim.
Shunda yonida yotgan kasal:
— Hali quvonishga erta, meni operatsiya qilishganda qaychini unutib qoldirishgan — debdi.
Ikkinchi bemor:
— Menda vrachni qo‘lqopi qolib ketgandi — deb tursa
Koridordan vrachni ovozi eshitilibdi:
— Hamshirani hech kim ko‘rmadimi?
2ta GAI xodimi radar bilan yo‘l chekkasida turibdi.
Bir mashina katta tezlikda uchirib kelayotgan ekan.
— Tezligi necha ekan? - deca
Sherigi:
— 50 000 so‘m.
Ota-onalar farzandlarini birinchi sinfga tayyorlashmoqda. Harajatlari esa go‘yoki turmushga berayotganga o‘xshaydi-ya!
Olimlar tajriba sinovi o‘tkazishibdi.
Ayollarni qachon gapi tugar ekan deb, ikki ayolni bir xonali kvartiraga joylashtirishibdi. Barcha kerakli oziq–ovqat bilan ta’minlab kuzatishibdi.
1 oy o‘tibdi, 2 oy o‘tibdi, 3 oy o‘tsa hamki ayollarni gapi tugamasmish. Olimlar 5 oydan so‘ng eshikni ochib chiqinglar, desa, haligi ayollar:
— Mayli qolganini keyin gaplasharmiz, - deb chiqib ketishibdi.
— Adajon, nega singlimni ismi Oltinoy?
— Onang tillani juda-yam yaxshi ko‘rgani uchun!
— Unda nimaga meni ismim To‘xtasin?
— Ko‘p savol beravermagin...!
Kechasi Afandining mahallasiga o‘t ketib, aholi qo‘shni mahallaga ko‘cha boshladi. Hamma ko‘ch-ko‘lonini aravaga ortib jo‘naganda, Afandi bir sholcha, ikki ko‘rpa, ikki bolishni orqalab yo‘lga tushdi.
Yo‘lda hammahallalardan biri Afandining ko‘chini ko‘rib so‘radi:
— Bor ko‘chingiz shumi? Bu qanaqa ro‘zg‘or? Afandi javob berdi:
— To‘rt qiz chiqarganning ro‘zg‘ori!
Ertalab turgan erning ro‘parasida, xotini enkayib, go‘yoki ta’zim qilib turgan ekan.
Er:
— Tazim qilishing shart emas. "Assalomu-alaykum, xayrli tong begim" - desang yetarli!
Xotini:
— Ey, boring-ye, byelim qotib qoldi, - dermish
Bir kuni Oyposhsha eriga:
— Dadajonisi, qo‘shnimiz Mexrixonga o‘g‘li Moskvadan shunaqa syurpriz yuboribdi-ki, asta qo‘yaverasiz, "xa-xa-xa" Havotir olmang. O‘g‘limiz bizga bunday syurpriz, ya’nikim kelin, aslo olib kelmaydi, "xa-xa-xa", - desa
Oyposhaning eri xotiniga achinib qarab:
— Xotinjon, o‘g‘ling senga boshingda yong‘ok chaqib, maymunday o‘ynatadigan "yengil kavaleriyani" ya’nikim kelinni tayyorlab qo‘ygan, - dermish.
Axlat tashiydigan mashina orqasidan hayhaylab yugurib ketayotgan do‘stini ko‘rgan o‘rtog‘i dedi:
— Nima, mashina bilan kimo‘zarga yuguryapsanmi, do‘stim?
— Yo‘q, - dedi do‘sti halloslab, - xotinim eski paypog‘imni axlatga tashlab yuboribdi. Ichida xotinimdan berkitgan pullarim bor edi.