Qora-yumor haqida latifalar

Yosh kuyovni xotini ko‘zi yorish arafasida. Kuyov kelinni mashinada tug‘ruqxonaga olib ketmoqda. Yo‘llaridan qora mushuk o‘tib ketsa xotini:
— Voy dadasi, endi men qop-qora bola tug‘aman, shunaqa irim bor, - debdi. Ovsar kuyov uyiga kelib onasiga:
— Oyi shu rostmi? Yo‘limizdan qora mushuk o‘tgandi. Xotinim endi qora bola tug‘adimi? – desa. Buni kuzatib turgan dadasi:
— Xotin, sen tug‘ruqxonaga ketayotganingda oldingdan eshak o‘tmaganmidi? – dermish.
Qiz yigitiga debdi:
— Jonim, biz qachondir turmush quramiz-a?
Yigit:
— Nima, biz aqldan ozganmizmi?!
Bir kishini qulog‘i og‘rib, vrachga boribdi. Vrach bemorni qulog‘ini tekshirib ko‘rib debdi:
— Bo‘lmaydi! Kesib tashlaymiz!
U odamni jahli chiqib, boshqa vrachga boribdi.
Boshqa vrach qulog‘ni ko‘rib shunday debdi:
— Men sizga dori yozib beraman. Bir hafta ichasiz.
Bu gapni eshitgan bemor xursand bo‘lib:
— Bo‘larkan-ku! Narigi vrach kesib tashlamoqchi edi, ahmoq... – desa, vrach:
— Kesishni xojati yo‘q! Shu dorini ichsangiz, o‘zi uzilib tushib ketadi, - degan ekan.
Qarg‘a osmonda uchib ketayotgan reaktiv samolyotga qarab turib yonida birga uchayotgan qarg‘adan so‘rabdi:
— Qiziq, anavi qushcha qanday qilib bunday tez ucha olarkan-a?
— Sening ham dumingga o‘t qo‘yishsa, qanday uchishingni ko‘rardik, - debdi yonidagi qarg‘a.
Bir kuni tunda afandi mehmondan qaytayotsa, yo‘lda kalondimog‘ boy uchrab qolibdi. Boy:
— Ha afandi, men sizni mol deb o‘ylabman, - debdi.
Afandi hozirjavoblik bilan:
— Ha boy ota, men bo‘lsam sizni qorong‘uda odam deb o‘ylabman, - degan ekan.
Bir mast kishi militsiyaga telefon qilib:
— Manavi yerda 300 ta odam o‘lib yotibdi, - debdi.
Militsiya:
— Tez manzilni ayting! – desa, mast kishi:
— Shahar qabristonida, - dermish.
Bir yigit qizni orqasidan yugurib:
— Yaxshi qiz, siz bilan tanishsam bo‘ladimi?
Qiz ortiga o‘girilib:
— Yo‘q, - desa, yigit qo‘rqib ketib:
— Voy, xudoga shukur-yey, - dermish.
Yoshi ellikdan oshgan, soch-soqoli oqargan odam yosh bir qizga uylanibdi, sartaroshga borib:
— Usta, yaqinda uylandim. Sizga malol kelmasa, shu sochimdagi, soqolimdagi oqlarni olsangiz, - debdi.
Sartarosh pinagini buzmay mijozning soch-soqolini tagidan qirtishlab olibdi. So‘ng olingan sochlarni haligi kishining oldiga qo‘ydi.
— Kechirasiz, juda shoshilinch ishim chiqib qoldi. Sizga malol kelmasa, oqlarini ajratib tursangiz, - deb chiqib ketibdi.
Uchta yigit mototsiklda ketishyapti. O‘rtadagisi duduq ekan. Duduq:
— T-t-t-t-t...
Ruldagi:
— Tezroqmi?
— T-t-t-t-t...
— Yanayam tezroqmi?
— T-t-t-t-t...
— Bundan ham tezroqmi?
— T-t-t-t-t...
— Bundan tez yurolmayman!
— T-t-t-t-t-yeshavoy tushib qoldi!!!
Bir kuni o‘qituvchi dars o‘tib turganida 3ta o‘quvchi kechikib kelibdi. O‘qituvchi 1-o‘quvchidan:
— Sen nega kechikib kelding ?
O‘quvchi:
— Men bozorda poyabzal sotaman, shuning uchun kechikdim, - deb javob beribdi
O‘qituvchi xursand bo‘lib:
— Razmerimni bilasana? - deb kiritibdi
2-o‘quvchidan so‘rabdi:
— Sen nega kechikib kelding?
O‘quvchi:
— Men bozorda gazlama sotaman, - deb javob beribdi
O‘qituvchi yana:
— Razmerimni bilasana? - deb kiritibdi.
3-o‘quvchidan so‘ramasdan joyiga o‘tkazgan ekan...
O‘quvchi:
— Ustoz men go‘rkovman, sizning razmeringiz nechi? - deb so‘rabdi.