Qora-yumor haqida latifalar

Er ertalab uyqudan uyg‘onib, "Xotin!", - deb chaqirsa, xotini yugurib kirib:
— Turdingizmi azizim? – desa, eri jilmayib:
— Ha, turdim baliqcham! Nonushtani tayyorlang! - debdi.
Xotini ham jilmayib:
— Ho‘p bo‘ldi ayiq polvonim, - deb chiqib ketayotsa, eri o‘ziga-o‘zi pichirlab: "Nima balo u ham meni ismimni esidan chiqarib qo‘ydimikin”, - dermish.
— Bolajonlar, kim o‘zini ahmoq, landovur, dangasa deb o‘ylasa o‘rnidan tursin! – debdi. Sinfda ancha vaqt jimlikdan so‘ng bir bola o‘rnidan turganmish.
O‘qituvchi:
— Ho‘sh, sen o‘zingni ahmoq, landovur, dangasa dyeb o‘ylaysanmi? – desa, bola:
— Yo‘q ustoz! Bir o‘zingiz turganingizga hijolat bo‘ldim. Sizga dalda berish uchun turdim! – dermish.
Boy amaldorning o‘g‘li mashinasida 2 kishini urib yuboribdi. Biri mashinaning old oynasiga urilibdi. Ikkinchisi esa yo‘l chetidagi ariq ichiga tushib ketibdi.
Sud ishi ko‘rib chiqilib, hukm o‘qilayotganmish:
“Birinchi piyoda mashinaning old oynasini sindirgani uchun 2 yilga, ikkinchi piyoda voqea joyidan yashiringani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etilsin!”
5 yoshli bolakay ko‘chaga o‘ynagani chiqib ketayotib, 87 ga kirgan buvasiga debdi:
— Buvajon, tishlaringiz bormi?
Buvasi:
— Voy, menda tish qolibdimi?! – debdi.
Bolakay xursand bo‘lib:
— Unda mana bu kulchamni ushlab turing. Men ko‘chada biroz o‘ynab kelaman, - degan ekan.
Bir talaba yigitga har kuni avtobusda qari kampir yeryong‘oq berar ekan.
Oxiri yigit so‘rabdi:
— Nega har kuni meni yeryong‘oq bilan siylaysiz? Ataylab meni deb sotib olasizmi?
Kampir javob beribdi:
— Yo‘q. Men har kuni Snikers yeyman. Shokoladni ichidan chiqgan yong‘oqlarni tishim yo‘qligi uchun og‘zimda u yoqqa, bu yoqqa olaman-da, chaynab yutolmayman. Keyin shularni senga ilinaman-da bolajonim.
Google da so‘zlarni tarjima qilib o‘tirgandim, “Qaynona” deb yozsam, “Ilon” deb tarjima qilib berdi.
Internetga ham ishonch qolmabdi!
Mehmonxonada dam olayotgan kishi navbatchiga qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Men xotinim bilan xonada urishib qoldik. U o‘zini derazadan pastga tashlamoqchi...
Navbatchi:
— Bu mutlaqo shaxsiy masala! Bizga umuman aloqasi yo‘q!
— Ming la’nat, aloqasi yo‘q emish. Nimaga xonani derazalari ochilmayapti axir!?
O‘rmonda maymun yugurib ketayotib baqirarmish “Narxlar yana oshibdi, narx-navo ko‘tarilibdi...”. Oldidan bo‘ri chiqib so‘rabdi:
— Nega baqiryapsan?
— Narxlar oshibdi, eshitdingizmi? – debdi maymun.
— Nima bo‘pti? Myenga nima?! Avval go‘sht yeb yurganman, bundan keyin ham yeyaveraman! – debdi bo‘ri beparvo.
Maymun yana yo‘lida yugurishda davom etibdi, “Narxlar oshib ketibdi...!”
Uni oldidan tulki chiqibdi.
— Nima deyapsan?
— Hamma narsa oshib ketibdi...
Tulki ham parvo qilmay:
— Menga umuman farqi yo‘q! Avval mo‘yna kiyib yurganman, bundan keyin ham mo‘ynada yuraman! – deb javob beribdi.
Shunda maymun o‘ylab turib:
— Rostan ham, myenga-yam farqi yo‘q-ku! Avval qanday yalong‘och yurgan bo‘lsam, bundan keyin ham shunday yuraveraman, - dermish.
Uzoq vaqt ko‘rmagan dugonamni uchratib qoldim.
— Qalaysan? Voy, namuncha semirib ketding? – desam, dugonam:
— Axir men 2ta farzandli bo‘ldim, - dedi. Shunda:
— Nima sen ularni yeb qo‘ydingmi? – deb yuboribman.
Yigit qizga debdi:
— Qalaysan?
Qiz:
— Yaxshi, duolaringiz bilan yuribman...
Yigit:
— Meni duolarim bilan bu paytgacha yurmasliging kerak edi, - dermish.