Qora-yumor haqida latifalar

Erkakshunos olimlardan biri uzoq yillik ilmiy tajribalaridan so‘ng, erkaklarga quyidagicha ta’rif beradi:
— Erkaklarni yer sharining hamma yerida uchratish mumkin;
— Ular sut emuvchilar oilasiga mansub bo‘lib, asosan, uylanish orqali ko‘payishadi;
— Ichmasa odamlarga deyarlik xujum qilmaydi;
— Go‘sht, tuxum, kolbasa, o‘pka, jigar, buyrak, kalla pochani sevib iste’mol qilishadi. Ba’zan xotinlari pishirgan narsalar bilan ham oziqlanadilar;
— Fe’li o‘zgaruvchan bo‘lib, necha yil umr ko‘rishi xotiniga bog‘liq;
— Eng katta xatosi, xotini borligidadir;
— Erkaklar asosan 4 turga bo‘linadi: semiz, oriq, uzun va kalta.
— Ular soatiga 20-25 km tezlikda harakatlanadilar. Ichib olganda esa soatiga 50 sm tezlik bilan yuradilar;
— 20 yoshgacha bo‘riga, 35 yoshgacha yo‘lbarsga, 40 yoshgacha sherga, 50 yoshgacha ayiqqa, undan keyin esa, musichaga o‘xshab qolishadi...
Eng asosiysi:
... Tabiatda uning yagona kushandasi - xotinidir. Xotinini ko‘rganida tashqi ko‘rinishida qizarish, qaltirash, til aylanmay qolishi, nafas siqishi va telefonidagi smslarni o‘chirishga urinish kabi salbiy holatlar kuzatiladi.
Qabriston go‘rkovi sport jihozlari do‘koniga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, bu hafta nechta mototsikl sotdingiz?
— Beshta!
— Demak, yana bittasi qayerdadir sang‘ib yuribdi...
GAI xodimlari voqea joyini ko‘zdan kechirib, bayonnoma yozishmokda.
Mayor:
— Yo‘l kengligi - 6 metr, o‘ng tarafda chuqur ariq bor. Oq rangli Matiz 30-35 yoshlar chamasi erkak kishini urib yuborgan. Mashina daraxtga oldi bilan urilgan.
Serjant:
— Yozdim.
Mayor:
— O‘sha erkak kishining tanasi boshsiz holda ariq ichida. Kallasi esa asfalt chetida.
Serjant:
— O‘rtoq serjant. "Aspalt" deb yoziladimi? yoki "Asfalt" dyebmi?
Mayor biroz o‘ylanib, kallani bir tepib ariqqa tushirib yuboribdi-da, — Mayli kallani ham ariq ichida deb yozaqol, - debdi.
Bir ayol eri bilan qo‘rqinchli film ko‘rib o‘tirishsa, birdaniga ekranda dahshatli mahluq paydo bo‘lsa, ayol qo‘rqqanidan:
— Voy, oyijon!!! - deb baqirib yuborsa, eri:
— Ha, darrov tanidingmi? - dyermish.
Ayol eri bilan ko‘chada ketayotsa, birdan qattiq shamol turib, ayolning sochlarini to‘zg‘itib yuboribdi.
— Voy xudoyim-yey! Sochlarim to‘zg‘ib ketdi. Juda badbashara ko‘rinyapmanmi? - deb so‘rabdi ayol eridan.
— Yo‘q, har doimgideksan... - degan ekan eri.
Bir kuni afandi farzandli bo‘libdi. Oradan bir yil o‘tibdi farzandi birinchi aytgan so‘zi "Tovuq" bo‘libdi. O‘sha kuni tovuq o‘lib qolibdi. Keyin "Sigir" desa, u ham ertasiga o‘lib qolibdi.
Afandi o‘g‘liga:
— O‘g‘lim "Dada" demagin, iltimos, - debdi.
2 kun o‘tib, bolasi "Dada" degan ekan afandi uyiga kirib, ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olibdi. Bir kun o‘tarmish, o‘lmasmish. 2 kun o‘tarmish, o‘lmasmish.
Uchinchi kuniga xotini kirib:
— Chiqing adasi. Qo‘shnimiz Qo‘chqor aka o‘lib qolibdilar, - degan ekan.
Stomatolog qabulxonasi. Ichkaridan baqirgan, "dod-voy" ovozlari eshitilib, xonadan bir odam chiqib kelibdi.
Boshqa bemorlar:
— Qattiq og‘ritarkanmi?, - deb so‘rashsa,
Haligi odam og‘zidan ikkita uzilgan barmoqni olib tashlab:
— Bilmiman, men baqirmadim, - dermish.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotib, peshobimni Fanta ni idishida olib boribman...
Labaratoriyadagi qizlar bo‘lsa menga qarab:
— Voy nima qilardingiz ovora bo‘lib, rahmat, - deb yuborishdi.
— Menga necha yosh berasiz, qani, toping-chi.
— Bir nima deyishga hayronman.
— O‘zim yordamlashaman. Qizim bog‘chaga boradi.
— Qizingiz bog‘cha mudirasimi?
Domla talabalarga dedi:
— Kim o‘zini ahmoqman desa o‘rnidan tursin.
Hech kim o‘rnidan turmaganidan keyin ancha vaqt o‘tib Turdiyev sekin turdi.
Shunda domla:
— Ha Turdiyev, tik turding, ahmoqmisan?
— Yo‘q domla. Bitta o‘zingiz turganingiz uchun menga noqulay bo‘ldi...