Qora-yumor haqida latifalar
— Iye, gaz keladimi?
— Yo‘q, bahor keladi.
Iltimos aniq aytinglar, maktablarda o‘qish boshlanadimi yo‘qmi!? Bolalarim pod’ezdda turibdi. Maktabga borishsinmi yoki uyga kirishsinmi, bilmay qoldik!
— Chunki Xitoyda buning uchun budjetdan pul emas o‘q-dori ajratishadi.
— Nimaga sen bemorlaringdan qanday mashinasi borligini so‘rayapsan? Buni kasallikka nima aloqasi bor?
— Eh do‘stim, shunga qarab bemorimdan qancha pul olishni mo‘ljallayman-da!
— Yoshim ham bir joyga borib qoldi-yu, juda hayotga intilishim katta. Uzoqroq umr ko‘rgim, bir nimalar qilgim keladi. Nima qilsam ekan-a?
Tanishi otaxonga debdi:
— Bankdan kredit oling, uni oyma-oy to‘lang, bolalarni kontraktini to‘lang! O‘shanda o‘z-o‘zidan bu hissiyotlaringiz yo‘qoladi...