Qora-yumor haqida latifalar

— Oylik maoshing kattami?
— Ha. Ko‘p maosh olaman. Hamma soliqlarni to‘lashimga yetadi.

— Nima uchun farzandlaringizni sochiga oq tushgan?
— Chunki men ularga kechqurun ertak emas, soliq kodeksini o‘qib beraman.

TATU talabalari o‘ta aqlli robot yaratishdi.
Robot karantin tugashi bilan Grin karta o‘ynab, AQSHga ketmoqchi ekanini aytibdi.
— Bizni xomiylik pullarimiz bolalarga yetib borishi aniqmi?
— Axir biz ham kimningdir bolalarimiz-ku...!
— Men yangi antiradar sotib oldim.
— Xo‘sh, nima karomat ko‘rsatar ekan?
— YPH xodimi turgan joyga 300 metr qolganda "Pulni tayyorla!" deb aytadi.
Toshkentda yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarni biriga xaridor kirib ko‘rayotganmish.
— Devorlari qalin, mustahkammi? Qani devorni narigi tarafiga o‘tingchi!
— Men shundoq ham devorni orqa tarafida turibman.
— Devor qani?
Shifokor qabuliga kelgan bemordan so‘rayapti:
— Tobingiz qochgan bo‘lsa, sababi bordir? Biror surunkali dardingiz bormi?
Bemor:
— Bor doktor! Menda surunkali pul yetishmovchiligi va atrofda bo‘layotgan voqealardan vahima bor!
Meni 4 ta o‘g‘lim bor. Biri bankir, ikkinchisi o‘qituvchi, uchinchisi injener, to‘rtinchisi taksichi.
Lekin hozir bittasi pul topyapti xolos. O‘zimni aqlli taksichi o‘g‘lim...!
Jinoyatchilar guruhi tomonidan zaharlangan pullar xayriya fondiga topshirilibdi.
Nima uchundir barcha boshliqlar va nazoratchilar zaharlanibdilar.
Muhtojlardan birortasi ham zaharlanmabdi.
Bemor istimalab kasaloxonaga kelibdi. Uni kutib olgan hamshira so‘rabdi:
— Shippak olib keldingizmi?
— Ha.
— Kiyimlaringizni olib keldingizmi?
— Ha.
— Ko‘rpa va yostiqlarimiz qolmadi. Olib keldingizmi?
— Ha.
— Mana bu ro‘yxatdagi dorilar ham qolmagan. Olib keldingizmi?
— Ha.
— Yoningizda turgan oq xalatli yigit kim?
— Har ehtimolga qarshi vrachni ham o‘zim bilan olib keldim.