Qora-yumor haqida latifalar
— Maoshingiz 200 ming bo‘lsa, yuz millionlik uy-joyni qanday qilib qurdingiz?
— Juda-yam oddiy. Qurilish mollari omborida tekshiruv olib borayotganimda uyimni qurilishi bitdi.
— Dada men katta bo‘lsam yurak shifokori bo‘laman.
Dadasi debdi:
— O‘g‘lim, yurak shifokori bo‘lma tish shifokori bo‘l!
O‘g‘il:
— Nega?
Dadasi:
— Chunki yurak odamda bitta. Tish esa 32 ta debdi.
Fahmlashimcha “katta kresloda” o‘tirganlar bu iborani juda yaxshi o‘zlashtirganga o‘xshashadi.
Fahmlashimcha “katta kresloda” o‘tirganlar bu iborani juda yaxshi o‘zlashtirganga o‘xshashadi.
— Kostyumimni tozaladingmi?
Xotin:
— Ha, tozaladim.
Er:
— Shimimni tozaladingmi?
Xotin:
— Ha, tozaladim.
Er:
— Oyoq kiyimimni-chi?
Xotin:
— Axir uni cho‘ntagi yo‘q-ku?!
“Pora bilan qo‘lga tushgan amaldorning qarshiligi 0 ga teng”.
— Institutda o‘rgangan hamma bilimlaringizni unuting! Amaliyotga umuman to‘g‘ri kelmaydi.
— Men institutda o‘qimaganman.
— Unda sizni ishga ololmaymiz. Bizga oliy ma’lumotlilar kerak.
Ukoldan emas, doktor kassaga yozib beradigan qog‘ozdan qo‘rqsangiz, demak, ulg‘ayibsiz!
— Innovatsiyalar vazirligi.
— Nima uchun?
— Sarflanayotgan pullar nimaga ishlatilayotganini hech kim bilmaydi.