Qora-yumor haqida latifalar

Shifoxonada davolanib chiqayotib, bir kishi shifokorga minnatdorchilik bildirdi:
— Ming-ming rahmat sizga shifokor-jon! O‘z minnatdorchiligimni qanday izhor qilishni ham bilolmay qoldim…
Unga javoban shifokor ma’noli iljaydi-da, dedi:
— Eh, azizam, bilasizmi, insoniyat pul degan qudratli narsani o‘ylab topganidan beri minnatdorchilik izhor qilish yo‘li osongina hal etilgan.
Bir bola lo‘li qiz bilan bir birlarini sevisharkan. Bola qizga:
— Sanga uylanaman, desa
— Onamdan so‘rang, nima desalar, shu. Oloy bozoriga borsangiz, o‘sha yerda tilanchilik qiladilar, debdi.
Bola borib, qizni onasiga:
— Qizingizga uylanmoqchiman, desa
Onasi:
— Faqat bitta shartim bor, debdi. O‘rnimda 3 kun tilanchilik qilasan.
Bola rozi bo‘libdi. Oradan 3 kun, 5 kun, hatto 10 kun o‘tsa hamki bola qiznikiga bormabdi.
Oxiri qizning onasi kelib:
— Sinovimdan o‘tding. Qizim saniki, desa
Bola:
— Qizingam, sanam kerak emassan. Yo‘qollaring! Joyni hech kimga bermayman, debdi.
Qizil qalpoqchaga oyisi dedi:
— Qizim, mana bu somsalarni buvingga olib borib bergin.
Esingdan chiqmasin, go‘shtligi — 1000 so‘m, kartoshkaligi — 800 so‘mdan.
Haydovchi DAN xodimiga jahl bilan:
— Viloyat DAN boshlig‘i mening qaynotam bo‘ladi, - debdi.
— Yolg‘on! Bo‘lishi mumkin emas!
— Nega yolg‘on deb o‘ylaysiz?
— Unaqada boja bo‘lishimiz kerak edi-da.
Operatsiyadan chiqqan bemor o‘ziga kelib, o‘ziga o‘zi debdi:
— Xudoga shukur eson-omon qutuldim.
Shunda yonida yotgan kasal:
— Hali quvonishga erta, meni operatsiya qilishganda qaychini unutib qoldirishgan — debdi.
Ikkinchi bemor:
— Menda vrachni qo‘lqopi qolib ketgandi — deb tursa
Koridordan vrachni ovozi eshitilibdi:
— Hamshirani hech kim ko‘rmadimi?
2ta GAI xodimi radar bilan yo‘l chekkasida turibdi.
Bir mashina katta tezlikda uchirib kelayotgan ekan.
— Tezligi necha ekan? - deca
Sherigi:
— 50 000 so‘m.
Ota-onalar farzandlarini birinchi sinfga tayyorlashmoqda. Harajatlari esa go‘yoki turmushga berayotganga o‘xshaydi-ya!
Bir odam ko‘chada 100 dollarlik pulni qalbaki emasligini tekshirish uchun quyoshga tutib tomosha qilib tursa yoniga bir GAI xodimi kelib:
— Mashinada emasmisiz?
— Yo‘q!
— Afsus!
Advokat qamoqxonaga boy mijozning yoniga kelsa, mijoz:
— Mana shu chemodanda 1 million dollar bor, nima qilasan men bilmayman, shu pulni berib, sudyani ko‘ndirginki, qo‘rqib turibman uzoq muddatga qamaydimi deb, olgan puli evaziga menga bir yil qamoq jazo belgilasin, tushundingmi?, - debdi.
Advokat o‘ylanib chemodanni olib ketibdi.
Sud bo‘libdi, mijoz kutgandek 1 yil qamoq jazo muddati berilibdi.
Mijoz advokatga:
— Senga rahmat, sudyani ko‘ndirishing rossa qiyin bo‘lgan bo‘lsa kerak, a?, - desa.
Advokat:
— Haqiqatdan sudyani ko‘ndirish qiyin bo‘ldi, chunki u sizni butunlay oqlamoqchi edi, bergan pulingizga bir yilga zo‘rg‘a ko‘ndirdim, - degan ekan
Bir kuni Aloviddin chirog‘ini ishqalabdi, hech narsa bo‘lmabdi.
Ertasiga yana ishqalabdi, hech narsa bo‘lmabdi.
Uchinchi kuni yana ishqalagan ekan, oxiri mayd in china, degan yozuv paydo bo‘libdi.