Qora-yumor haqida latifalar

Tasavvur qilyapsizmi? Agar hozir umumxalq hashari e’lon qilinsa, nechi minglab odamlar ko‘chaga otilib chiqishadi?!
Dehqonga "Bir yilda 1 tonna metal yetishtirib berolasizmi?" deyishsa, dehqon "Urug‘ini bersalaring yetishtirib beravaraman" degan ekan.
— Isming nima seni?
— Toshtemir.
— Isming buncha qiyin?! Eslab qololmayapman.
— Qurilish qilsangiz eslab qolasiz.
Ro‘molini niqob qilib o‘ragan ayoldan tibbiy niqob taqib olishni so‘rashdi. Suhbatning davomi:
— U niqob bilan bu niqobning farqi yo‘q-ku?!
— Siz ro‘molingizni har 2 soatda almashtirib yangilamaysiz-da!
— Men siz aytgan niqobni ham har 2 soatda hech kim yangilamayman...
Piyodalar yo‘lagidan o‘tib ketayotgan piyodani mashina urib yuboribdi.
Mashinadan haydovchi hovliqib tushib:
— Baxtingiz bor ekan, men – vrachman! – desa, yerda yotgan piyoda:
— Sizni baxtingiz yo‘q ekan, men – yuristman! – dermish.
Ikki qo‘shni liftda:
— Durdona, seni judayam sevaman!
— Imron-aka tinchlikmi? Oldinlari bunday tuyg‘ularingiz haqida hech etmas edingiz.
— GreenCard 2020 yutib olishingni bilmasdim-da.

— Sog‘liqlaringiz yaxshimi?
— Juda yaxshi. Menda virus yo‘q!
— Moliyaviy ahvolingiz-chi?
— Undanam yaxshi. Menda pul aniq yo‘q!

— Botir, sen bugunni o‘zida ikkita qopni yo‘qotding!
— Axir men ishlayapman-ku! Ish bor joyda kamchiliklar bo‘ladi-da!
— Botir! Sen inkasatorsan!!!
Yaponiyaning Toyota kompaniyasi direktori bilan Asaka mashina zavodi direktori uchrashib qolibdi.
Toyota direktoridan o‘zbek direktori so‘rabdi:
— Sizlarni zavodingizda nechta injener ishlaydi?
— 7 nafar, - debdi yapon.
— Sizlarda-chi? - deb so‘rabdi u ham.
Asakalik akaxon ichida:
"Hozir menda 80 ta injener ishlashini aytsam, g‘alati bo‘lmasinmikin?!" - deb, 6 ta ishlaydi, - deb qo‘yaqolibdi.
Ertasi kuni Toyota direktorini ko‘rsa, ko‘zlari qizarib ketgan emish.
Asaka zavodini rahbari:
— Sizga nima bo‘ldi? - deb so‘rasa, yapon:
— Kechasi bilan uxlamay o‘ylab chiqdim. 7-injenerim nima ish qilyapti ekan deb, - dermish.
Ertalabki tig‘iz paytida Gazel mashinasiga 18 ta yo‘lovchini emas, 48 ta yo‘lovchini sig‘dira olgan Abdusattor aka Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.