Qora-yumor haqida latifalar

Yirik neft ishlab chiqarish zavodi direktoriga savol berishdi:
— O‘rtoq boshliq, siz haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan odamni o‘zingizga haydovchi qilib ishga olgan bo‘larmidingiz?
Direktor:
— Yo‘q albatta! Axir men o‘z jonimni xavfga qo‘ya olmayman-ku!
— Unda nega falsafa fakultetini bitirgan jiyaningizni o‘zingizga o‘rinbosar etib tayinladingiz?
Bayramni ertasiga boshliq hamma xodimlarni majlisga yig‘ibdi. Kayfiyati yo‘q, avzoyi buzuq, xodimlarga qarab:
— Kecha bayramda kim ichdi? - deb savol bersa, hech kim indamabdi. Boshliq yana:
— Yana bir marta so‘rayman, kecha kim ichdi? Yana hamma jim.
— Oxirgi martta so‘rayapman. Kecha kim ichdi, - desa, bir xodim o‘rnidan turib, qo‘rqib:
— Men ichgandim, - desa, boshliq
— Siz men bilan yuring! "Bosh og‘riq" qilamiz. Qolganlar ishini qilsin! -dermish.
Bir o‘rtaxol oila restoranga ovqatlangani kirishibdi. Ovqatlanib bo‘lishgach xotini ofitsiantga:
— Mana bu oshib qolgan ovqatlarni itimga olib olsam maylimi, - desa
5 yoshli o‘g‘li:
— Uraaa, endi it boqarkanmiz, - dermish.
Erini ko‘rgani kelgan xotin, yig‘lagancha palataga kirib keldi.
Eri:
— Ha xotin, nima bo‘ldi?
Xotin yig‘laganicha:
— Kecha onamni mashina urib ketdi, - desa...
Er:
— Xotin bilasanku jag‘im singan. Meni kuldirma, - dermish
Do‘konda.
Xaridor:
— Sizda suyaksiz baliq bormi?
Sotuvchi:
— Yo‘q, lekin go‘shtsiz kolbasalar bor.
— Vrach qabuliga yozilsam bo‘ladimi?
— Ha albatta. 20000 to‘lashingiz kerak.
— Bepul vrachga kirmoqchiman!
— Marhamat, ikki oy navbatingizni kutasiz.
— Ikki oy kutolmayman. Kelishaylik...
— Mayli kelishamiz, 20000 bo‘ladi.
Vrach bemordan:
— Sizga nechi pullik narkozdan qilay?
— Eng arzonidan!
— Alla, alla, alla-yo...
Harbiy komissariyatda tibbiy ko‘rik. Ikki egizakdan biri tekshiruvdan chiqibdi.
— Nima bo‘ldi? so‘rabdi Husan.
— Armiyaga yaroqsiz ekanman, olishmadi, - debdi Hasan.
— Unda mening o‘rnimga ham kirib chiq, armiyaga borgim kelmayapti. Hasan xo‘p deya, yana ko‘rikdan o‘tish uchun kirib ketibdi. Birozdan so‘ng chiqib dermish:
— Husan, seni armiyaga olishdi!
— Aytinchi doktor, men o‘lamanmi?
— Ha!
— Yaqin-oradami?
— Yo‘q! Xavotir olmang! Bizni xususiy klinikamizga hali ancha qatnaysiz.
Bir kishi soliq qo‘mitasiga kelib debdi:
— Menga qachon mehnat ta’tili berasizlar?
Qo‘mitadagilar hayron bo‘lib:
— Axir siz bizni xodimimiz emassiz-ku!? – deyishsa, haligi kishi:
— Ha, lekin men faqat sizlar uchun ishlab yuribman-da! – degan ekan.