Salomatlik haqida latifalar

Karantindan oldin labimni boteks qildirgan edim.
Bu maskani dastidan labimni ham berkitib yuribman!
Karantin davrida tibbiy niqoblardan foydalanilayotganligi uchun ayollar lab bo‘yoqlarini ishlab chiqarish keskin qisqartirildi.

Apreldan buyon tuppa-tuzuk taqib yurgan bir marttalik maskamni iplari uzilib ketsa bo‘ladimi...!

Bir kun raqamlar bahslashib qolishibdi.
— Men azaldan baxtsizlik olib kelganman. Mendan hamma qo‘rqadi, - debdi 13 raqami.
— Men kelgan yilimda vabo tarqalgan. Men omadsiz yil bo‘lganman, - debdi 1872 raqami.
— Men esa chechak kasalligi bilan kelib, ko‘pchilikni yostig‘ini quritganman, - debdi 1901 raqami.
Bir payt o‘rtaga 2020 raqami chiqibdi. Hamma jim bo‘lib qolibdi.
— Qaysi birini aytay?! - debdi u.
Vrach:
— Agar aroq ichmasangiz, umringizni ancha uzaytirasiz!
Bemor:
— To‘g‘ri aytasiz doktor! 1 hafta ichmagandim, 1 yildek tuyuldi.
Koronavirusni aniqlab beruvchi bepul analiz.
Peshobni idishga olasiz va uni ochiq deraza yoniga qo‘yib qo‘yasiz.
Agar peshobga chumolilar yetib kelsa - qand miqdori oshgan.
Agar pashshalar uchib kelsa - shamollash boshlangan.
Agar arilar uchib kelsa - xolesterin oshgan.
Agar unga hech nima yaqinlashmasa - demak koronavirus!
— Ozish uchun faqat salat yeyapman.
— Salatni ichi go‘sht, mayonez va tuxumga to‘la-ku!
— Axir men salat yeyapman-ku!
— Doktor, meni davolang! Men yashagim kelyapti!
— Pulingiz bormi?
— Yo‘q.
— Bunaqa hayotni nima keragi bor?!
Do‘stini ko‘rgani shifoxonaga borgan yigit do‘stiga dalda berib, ko‘nglini ko‘tarib gapiraveribdi.
Bir payt kasal do‘stini ahvoli yomonlasha boshlabdi.
Yigit hayron bo‘lib qarab tursa, kasal do‘sti stol ustidan qog‘oz, ruchka olib unga yozibdi:
"Padaringga la’nat! Havo keladigan shlankani ustiga o‘tirib olding! Tur!"
Qo‘llarimni yuvib yursam. Yuzimni ham doim toza yuvsam, bir marttalik tibbiy niqobim qanday qilib kir bo‘lib qolayotganini tushunmayman.