Salomatlik haqida latifalar

Miya ko‘rinmaydigan joyda joylashgan.
Lekin ishlamasa, darrov seziladi.
82 ga kirgan otaxon vrach qabuliga kelib debdi:
— Men kelasi hafta yana uylanmoqchiman.
Vrach:
— Sizni ogohlantirib o‘tmoqchiman. Ortiqcha jismoniy zo‘riqish va hayajonlanish hayot uchun xavfli!
Otaxon:
— Mayli, o‘lib qolsa, yana boshqasiga uylanaman!
Er xotinidan so‘rabdi:
— Singan tishlaringni davolatish uchun senga nechi pul bergan edim?
— 2 mln. bergansiz.
— Kamroq gapirganing ma’qul. Endi pul bermayman!

Mutasaddi tashkilot rahbarlaridan biri majlisda:
"Hisob-kitoblarimiz shuni ko‘rsatdiki, sigaret chekuvchilar davlatimiz budjetiga foyda keltirishar ekan.
Hayotdan erta ko‘z yumgan har bir chekuvchi nafaqaxo‘r fuqarodan o‘rtacha 150 mln. so‘m pulni tejab qolishimiz mumkin-ku!
Sigaret qutisini ustiga shu ma’lumotni yozib chiqarish kerak!"

Ko‘chada bir hovuch shirinlikni paqqos tushirayotgan bolakayni ko‘rgan kishi unga dedi:
— Ko‘p shirinlik yeyaverma! Bu sog‘lig‘ing uchun juda zararli!
Bolakay:
— Meni 90 yoshga kirgan buvam bor... – debdi.
Haligi kishi:
— Buvang shirinliklarni kamroq yegandur-da?! – desa, bolakay:
— Buvam birovlarni ishiga kamroq aralashgan.
Bir yigit xonasida nos chekib yotsa, otasi kirib qolibdi:
Shunda yigit nima qilishini bilmay, ko‘ylagi ichiga qarab, "Tuf-tuf-tuf cho‘chib ketdim", degan ekan.
— Buvim aytdilar, yomg‘ir yog‘ib, kunlar sovib ketarkan...
— Buving ko‘p televizor ko‘radilarmi?
— Yo‘q...
— Unda qayerdan bildilar?
— Tizzalari og‘rishidan!
Ishga borishni xohlamagnim uchun ertalab hamkasblarimga qo‘ng‘iroq qilib, tana haroratim yuqori ekani aytib, yolg‘ondan "Kovid bo‘lganga o‘xshayman", deb aytdim.
Ertasi kuni 3 ta hamkasbim "Mendan kovid yuqtirib olganini" aytib ishga kelishmadi.
Bir kishi doktorning oldiga kelib:
— Doktor, shu yerimni ushlasam og‘riyapti, - desa, doktor:
— Ushlamang, og‘rimaydi! Sizdan 50 ming so‘m, - debdi.
Vrach qabulida:
— Doktor, tishlarim negadir sarg‘ayib to‘kilyapti...
— Bu axir tabiiy-ku! Hozir kuz fasli bo‘lsa...