Uddaburonlar haqida latifalar

Maktabning birinchi sinfga kelgan o‘quvchilarga o‘qituvchisi tushuntiribdi:
— Aziz bolajonlar! Maktabda to‘polon qilish, baland ovozda gaplashish, odobsizlik qilish mumkin emas. Agar biror nima so‘ramoqchi bo‘lsangiz, qo‘lingizni ko‘tarib murojat qilinglar.
Shu zahoti bolalardan biri qo‘lini ko‘taribdi.
O‘qituvchisi:
— Nimani so‘ramoqchisan Alisher?, - debdi taajjublanib.
— Hech nimani. Shunchaki, tushuntirayotgan tizimingiz qanchalik aniq ishlashini tekshirib ko‘ryapman.
Ota 9 yoshli o‘g‘liga:
— Menga qara, nega sen "Bola tarbiyasi" to‘g‘risidagi kitobni o‘qiyapsan?
O‘g‘ilning javobi:
— Meni tarbiyalashda haddilaringdan oshmayapsizlarmi yo‘qmi, shuni nazorat qilmoqchiman.
Afandi qorong‘i kechada o‘rtoqlari bilan oshxo‘rlik qilib o‘tirgan edi, birdan shamol turib, chiroqni o‘chirib qo‘ydi.
Ulfatlardan biri:
— To chiroq yoqilguncha osh yeyish yo‘q! Hamma chapak chalib o‘tirsin, - dedi.
Afandi tizzasini yalang‘ochladi-da, uni, bir qo‘li bilan shappatilab o‘tirib, ikkinchisi bilan osh ustidagi go‘shtni paqqos tushirdi.
Buyurtmachi qurilish rahbariga:
— Uyimning devorlari juda-yam yupqa emasmi?
— Havotir olmang, hali devorlarga oboy yopishtirib chiqamiz!
Tergovchi gumondorni so‘roq qilyapti:
— Siz jinoyatni sodir etganlikda shuhba qilinmoqdasiz. Familiyangiz nima edi, yodimdan chiqdi...?
— Boshingiz uyda yodingizdan chiqib qolmadimi, mabodo?
OVIRdagi suhbat:
— O‘z uying-o‘lan to‘shaging! Uzoqdagi bug‘doydan yaqindagi arpa yaxshi! O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha o‘z yurtingda gado bo‘l! Musofir bo‘lmagun...
— To‘xtang, to‘xtang! Tushunishimcha haliyam hujjatlarim tayyor emas, muhr qo‘ymagansiz!? Shundaymi?
Bir o‘zbekdan so‘rashibdi:
— Nimaga sizlar savolga savol bilan javob qaytarasizlar?
O‘zbek javob qaytaribdi:
— O‘zingiz nima deb o‘ylaysiz?
— Salom Alisher! Ishlar qalay?
— Qanaqa Alisher?! Meni ismim...
— Anchadan beri ko‘rishmaymiz. Sendan pul olgan edim. Shuni qaytarmoqchiman.
— Alisher bo‘lsa, mayli Alisher-da!
Afandi dissertatsiya yozar edi, o‘g‘li «nima qilyapsiz?— deb so‘radi.
— Kitob yozyapman,— dedi Afandi.
— Unda nega boshqa kitobdan ko‘chiryapsiz?
— Voy tentagey, shuni ham bilmaysanmi,— dedi kulib otasi,— odam odamdan tug‘ilganday, kitob ham kitobdan paydo bo‘ladi-da!
— Agar biror muammo tug‘ilsa, senda mening telefon raqamim bor-a?
— Ha, bor.
— O‘shani o‘chirib tashla!