Uddaburonlar haqida latifalar

Yigit bilan qiz bir-birlarini qanchalik qattiq sevishini isbot qilmoqchi bo‘lib, ko‘p qavatli uyning tomiga chiqishibdi:
—Uchgacha sanab birgalikda sakraymiz, - debdi yigit.
— Xo‘p, shunday qilamiz, - debdi qiz ham.
Yigit bir, ikki, uch degan ekan qiz pastga sakrabdi, yigit esa sakramasdan tepada qolibdi. Yigit bir payt qarab tursa, pastga tushib borayotgan qizning katta parashyuti ochilgan ekan...
Afandi temirchilik qilar ekan. Bir kuni qizigan temirni olib, bolg‘alayman deb tursa, boy kelibdi-da, temirga qarab:
— Temirni qiziganini qara, ushlasang qo‘ling yopishib qolsa kerak-a?
— Boy buva, agar hozir bitta tilla tanga bersangiz, qo‘limga olib tilimga ham tegizishim mumkin.
— Yo‘g‘eye, mana ol tilla tanga, deb bitta tilla tanga bersa.
Afandi tilla tangani qo‘liga olib, keyin tiliga tekkizibdi-da, cho‘ntagiga solib qo‘yibdi.
Afandi ko‘chadan o‘tib ketayotgan edi, bir to‘da bekorchilar uni to‘xtatib so‘radilar:
— Afandi, bir masalada tortishib qoldik, hal qilib bering, dunyoning kengligi qancha ekan?
Shu payt o‘lik ko‘tarib o‘tib qoldilar. Afandi tobutni ko‘rsatib dedi:
— Ana u dunyoni o‘lchagani ketayotibdi, orqasidan borsalaring anig‘ini bilib kela qolasizlar!
Bir mehmondorchilikda yosh surishtirib qolishdi. Afandiga kelib birov:
— Afandi, siz nechaga kirdingiz?—deb so‘radi.
— Bu yil qirqqa kirdim,— dedi Afandi.
— Iye,— dedi boyagi kishi,— bundan o‘n yil ilgari ham qirqqa kirdim degan edingiz-ku?
Afandi javob berdi:
— Qiziq odam ekansiz, kishining gapi bitta bo‘ladi-da.
Haydovchi DAN xodimiga:
— Soatiga bir yuz yigirma kilometr, deysizmi? Axir mening tezligim soatiga 30 kilometrdan ham past edi-ku?!
— Hali mashinam bir joyda to‘xtab turuvdi ham dersiz?
— Ha-ha, deryali shunday...
— Unda baribir jarima to‘laysiz: bu joyda to‘xtab turish taqiqlangan.
Bir odam advokatni yoniga kelib debdi:
— Meni himoya qilsangiz.
— Nimada ayblanyapsiz?
— Pullarni soxtalashtirishda.
— Mayli, sizni o‘z himoyamga olaman.
— Rahmat. Mana sizga naqd pullar!
Soat do‘konida:
— Mana shu soatni xarid qiling! Bu Shveysariya soatlarining aynan nusxasi!
— Mayli bering! Mana sizga AQSh dollarining aynan nusxasi!
Xo‘ja Nasriddin bo‘yoqchi edi. Bir mahmadona gazlama ko‘tarib kelib:
— Mana shu matoni dunyoda yo‘q rangga bo‘yab bering, - debdi.
Xo‘ja Nasriddin hayron bo‘lib:
— Qaysi rangga? – deb so‘rabdi.
— Qizil, qora, yashil, ko‘k, sariq ranglardan boshqasiga, xullas dunyoda yo‘q rangga bo‘yab bering. Xo‘ja Nasriddin gap nimadaligini darrov tushunib:
— Mayli, bajaramiz, - dedi.
Yigit:
— Qachon kelay? – deb so‘radi.
— Dunyoda yo‘q kuni keling: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanbadan boshqa – haftshanba kuni kelavering, - deb javob qildi.
Bir odam doktorga borsa,
— Kasalingizni da’vosi turp. Ko‘proq turp yeng!, - debdi.
Haligi odam ko‘chaga chiqib turp sotib o‘tirgan odamni hamma turpini sotib olibdi-da, sal nariroqqa borib tursa, turppurush telefonni olib:
— Allo, turp tugadi. Hozir bir qop sholg‘om keladi, - dermish.
Olimlarning fikricha, tez orada shartnomalarda yozilayotgan kredit beruvchi tashkilotning shartlarini faqat elektron mikroskop yordamida o‘qiy olish mumkin bo‘ladi.