Uddaburonlar haqida latifalar

Bir ayol tiqilinchda hamyonini tushirib qo‘yibdi. Birozdan keyin yoshgina bola ayolni hamyonini qaytarib beribdi. Ayol hamyonini ochib ko‘rib bolaga:
— Meni hamyonimda ikkita besh mingtalik bor edi. Bu yerda o‘nta ming so‘mlik turibdi-ku?! - desa, bolakay:
— Bilasizmi, oldin ham bittasini hamyonini topib bergandim. U menga minnatdorchilik bildirish uchun mayda topa olmagandi. Shunga pullaringizni maydalab qo‘ydim, - dermish.
Xotin eriga:
— Meni hech qayerga olib bormagansiz...!
Er:
— Mayli, ertaga axlat tashlashga birga olib ketaman.
Yosh yigitcha kitob do‘konida sotuvchidan so‘rabdi:
— Sizlarda "Qanday qilib 1 oy ichida millioner bo‘lish mumkin?", - degan kitob bormi?
— Bor! Mana, marhamat! Lekin sizga tavsiyamiz — bu kitobga qo‘shib "Jinoyat kodeksi"ni ham sotib oling.
Afandi Podsho bilan ovga chiqdi. Podsho bir kiyikni quvib borib otgan edi, o‘qi xato ketdi. O‘zini juda ham mergan deb, har doim maqtanib yurgan Podsho Afandining oldida xijolat bo‘ldi-da, o‘zini oqlay boshladi:
— Qara, Afandi, juda mug‘ombir ov ko‘rgan quv kiyik ekan, mening o‘qimga chap berib ketdi-ya.
Afandi Podshoga taskin berib, aytdi:
— Agar kiyikning o‘rnida yuzta odam bo‘lsa ham bexato urgan bo‘lar edingiz, kiyik ham ovmi!
Bir yigit barga kiribdi. Uni ikki qo‘li ham gipslangan ekan. Barmenga yaqinlashibdi.
— Iltimos, cho‘ntagimdan pul olib, pivo bering... qo‘llarim gipslangan...
— Gap bo‘lishi mumkin emas, - debdi barmen va pivoga yarasha pul olib, pivo quyib beribdi.
— Xudo xayringizni bersin, pivoni og‘zimga yaqinlashitirib qo‘ying...
— Marxamat, aka!
Shu tariqa bir necha bokal ichibdi.
— Uka, xojatxonalaringiz qayerdaligini aytolmaysizmi?
— Aytaman! Bu yerdan 5 kilometr naridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida!
Afandining bir boy qo‘shnisi bor ekan. U boy nuqul afandiga xatlarini bepul yozdirib yurarkan.
Bir kishi so‘rabdi:
— Afandi, nega nuqul boyni xatlarini bepul yozib berasan? Axir u senga haq to‘lamaydi-ku?!
Afandi debdi:
— Agar boyni xatlarini yozib bermasam, u menga ko‘p pul to‘lay boshlaydimi???
— Do‘stim, sigirlar o‘tlaydigan o‘tloqni bilasanmi?
— Ha, yam-yashil, keng dala!
— Qo‘ylar yashaydigan qo‘rani-chi, bilasanmi?
— Ha, atrofi taxta bilan o‘ralgan...
— Italiyani xaritadagi ko‘rinishi qandayligini bilasanmi?
— Yo‘q. Nimaga mendan bularni so‘rayapsan?
— Shunchaki, geografiyadan ko‘ra, sigir, qo‘ylarni yaxshiroq tushunishingni isbotlab bermoqchi edim.
Er ishdan kelsa, xotini oqsoqlanib yurganmish:
— Iye, xotin oyog‘ingga nima qildi?
— Stulga chiqib oyna artayotganidim, yiqilib tushdim.
— Oyoq butunmi, sinmadimi ishqilib?
— Singani yo‘q-ku, bir oz og‘riyapti.
— Men sendan stulni oyog‘ini so‘rayapman?!
Yosh qiz onasiga qo‘ng‘iroq qilib so‘radi:
— Oyijon, siz meni yaxshi ko‘rasizmi?
Onasi:
— Ha, ha qizalog‘im! Albatta.
— Telefon go‘shagini adamga bering.
— Ana adajon eshittingizmi? Oyim ruxsat berdilar!
Podsho qalandar libosida yo‘lda ketayotgan edi. Afandi bir daraxtning soyasida uxlab yotgan ekan. Podsho uni uyg‘otdi.
— Ha, nima deysan?! Nega mening uyqumni buzding deb do‘q qila boshladi Afandi.
— Birodar, sen yaxshi kishiga o‘xshaysan, bir narsa so‘ramoqchi edim, shuni aytib bergin.
— Xushomaddan Afandi erib ketib, hovridan tushdi:
— Qani, so‘ra-chi, nima demoqchisan?
— Bu mamlakatning podshosi zolimmi, odilmi? Rostini ayt.
— E birodar, nimasini aytasan, u shunday qonxo‘r, zolimki...— deb yomonlab ketuvdi, «qalandar» gapini bo‘ldi:
— Meni taniysanmi?
— Yo‘q.
— Men Podsho bo‘laman.
Afandining badaniga titroq turdi, lekin sir boy bermadi:
— Meni taniysanmi?
— Yo‘q.
— Men shu shaharning jinnilaridan bo‘laman. Har oyda uch kun jinni bo‘laman. Mana bugun jinniligim boshlangan kun.