— Sizga qaysi kanal yoqadi?
— UZREPORT TV.
— Nimasi yoqadi?
— Yer sharini aylanib turishi.
Hech nima qila olmagan xotini uni boshiga yostiq qo‘yib, ustiga ko‘rpa yopib qo‘ysa, yarim kechasi eri baqirayotganmish “Xotin chiroqni yoq! Negadir kravatni oxiri ko‘rinmayapti, tusha olmayapman!”
— Yigitim bilan to‘y kunimizni hech tanlay olmayapmiz.
— Nega? Shunchalik qiyin ekanmi?
— Ha... Men bahorda, qilaylik, masalan 30 martda desam, u 30 fevralda to‘y qilamiz degani-dyegan...!
— Siz qayerda tug‘ilgansiz?
— Qo‘qonda.
— Ada siz qayerda tug‘ilgansiz?
— Qarshida.
— Men-chi?
— Toshkentda.
— Qanday yaxshi-ya! Uchchalamiz uchta joyda tug‘ilib, bir joyda uchrashib turibmiz.
— Adasi, sizga ikkita yangiligim bor. Birinchisi yaxshi, ikkinchisi yomon.
G‘azablangan er:
— Yomonidan boshla!
— Yomoni shuki, kaptivani urib oldim.
— Yaxshisi-chi?
— Boshqa bunday qilmayman...
— Hoy nima qilyapsan? Nega o‘t yeyapsan? – deb so‘rasa, daydi:
— Nima qilay? Qornim och... Hech bo‘lmasa shu chimni “g‘ajib turay” – debdi.
Boy mashinasini eshigini ochib:
— Chiq! Bugun men sahiyman! Ketdik, bir joyga olib boraman, - debdi.
Kambag‘al daydi mashinaga chiqib, o‘zida yo‘q xursand bo‘lib:
— Hamma odamlar boylarni ziqna, bahil deyishadi. Aslida unaqa emas ekan-ku! – desa, boyvachcha:
— Bugun men juda sahiyman. Hozir seni dalahovlimga olib boraman. U yerdagi chimni o‘rishga anchadan beri vaqtim bo‘lmayotgan edi. Istaganingcha yeyaver! – degan ekan.
— Bolalar, maktabimizga tekshiruv kelgan. Hozir ular bizni sinfga kirganlarida nima deymiz?
— Assalomu alaykum deymiz.
— Chiqib ketayotganida-chi?
— Hayriyat-yey deymiz! – deyishibdi.
— Nega baqiryapsan?
— Narxlar oshibdi, eshitdingizmi? – debdi maymun.
— Nima bo‘pti? Myenga nima?! Avval go‘sht yeb yurganman, bundan keyin ham yeyaveraman! – debdi bo‘ri beparvo.
Maymun yana yo‘lida yugurishda davom etibdi, “Narxlar oshib ketibdi...!”
Uni oldidan tulki chiqibdi.
— Nima deyapsan?
— Hamma narsa oshib ketibdi...
Tulki ham parvo qilmay:
— Menga umuman farqi yo‘q! Avval mo‘yna kiyib yurganman, bundan keyin ham mo‘ynada yuraman! – deb javob beribdi.
Shunda maymun o‘ylab turib:
— Rostan ham, myenga-yam farqi yo‘q-ku! Avval qanday yalong‘och yurgan bo‘lsam, bundan keyin ham shunday yuraveraman, - dermish.
— Xotin, ishxonada oyog‘imga temir tushib ketdi. Maftuna shifoxonaga olib keldi. Endi oyog‘imni kesishar ekan...
Xotindan SMS:
— Maftuna kim?!
— Senga mazza-da... Ovqatlanasan, uxlaysan, xojatdan keyin yana ovqatlanasan, ... uxlaysan... – deb bolasiga gapirayotsa, qo‘shni xonada televizor ko‘rib yotgan eri:
— Haqqim bor! Bugun yakshanba - dam olish kunim! – dermish.