Bir erkakning do‘stiga aytib bergan voqeasi:
— Bilasanmi do‘stim, yoshi kattalarning maslahatiga kirib bir ish qilgandim.
— Nima ish ekan u?
— Xotinimning baqir-chaqiri, gap-so‘zlarini bu qulog‘im bilan eshitib, unisidan chiqarib yuborishni o‘rganib olgan edim.
— Xo‘sh qalay? Foydasi bo‘ldimi? Qulog‘ing ancha tinchigandir-a?!
— Nimasini aytasan!? Xotinimni baqir-chaqiriga e’tibor bermay yuraveribman... U bo‘lsa, hammom eshigini ocha olmay, ichkarida ancha kun qulflanib qolib ketibdi.
Bir o‘g‘ri non do‘koniga o‘g‘rilikka tushganda, qo‘lga olinibdi.
Qamoqda rossa xursand bo‘lib o‘tirsa, yonidagilar so‘rabdi:
— Nega buncha xursandsan?
O‘g‘ri javob beribdi:
— Endi menga o‘zlari non berib boqishadi.
— Telefoning bormi?
— Bor!
— Puli bormi?
— Yo‘q, endi pul topishni o‘rganyapti.
Vrach kasalxonaga amaliyot o‘tash uchun kelgan qizga debdi:
— Meni ishim chiqib qoldi. Manavi navbatda turgan kasallardan qon olib tur! Hozir kelaman. – debdi.
Amaliyotchi qiz:
— Qanchadan qon olay, - desa, shoshib turgan vrach:
— Uchdan olasan-da! – debdi-da, chiqib ketibdi.
Bir payt vrach qaytib kelsa, kasalxona yo‘lagida 4 ta bemor hushsiz yotganmiz. Amaliyotchi qizga:
— Bularga nima bo‘ldi? – desa, qiz:
— Shuncha harakat qilsam ham uch litr qon chiqmadi... – dermish.
O‘g‘li otasiga debdi:
— Ada, nega gorillaning burun teshiklari buncha katta?
Adasi o‘ylanib turib:
— Chunki gorillaning barmoqlari katta-da! – degan ekan.
Bir kuni ikkita o‘rtoq uchrashib qolishibdi.
Biri debdi:
— Nega o‘z sinfdoshingni sudga berding?
Ikkinchisi:
— U meni yoshligimda “Begemot” deb chaqirardi. Kecha hayvonot bog‘iga borgandim, endi bildim begemot qanaqa bo‘lishini, - degan ekan.
Ikkita general futbol haqida suhbat qurishmoqda:
— Sizga qaysi komanda yoqadi?
— Saflan!
Sud majlisida sudya janoblari ayblanuvchiga savol beribdi:
— Xo‘sh ayblanuvchi, soxta pullar ishlab chiqarganingizni tan olasizmi?
— Yo‘q, men hech qanday soxta pul ishlab chiqarmaganman!
Sudya:
— Lekin sizni uyingizdan pul yasaydigan apparat topildi-ku!
Ayblanuvchi:
— Janob sudya, siz odamni urib, o‘ldirganingizni tan olasizmi?
Sudya xayron bo‘lib:
— Qanaqasiga? Men hech kimni…
— Ana, stolingizda bolg‘a turibdi-ku!
— Do‘stim, pullarimni qayerda saqlaganim ma’qul?
— Xotirangda saqlaganing durust!
Ikki do‘st arazlashib qolib, qozini oldiga borishibdi.
Qozi “Ertaga kelinglar. Muammoni ertaga yechamiz” deb qaytarib yuboribdi. Qozixonadan chiqqan yigitlardan birining fikri buzilib, qozini oldiga qaytib borib 40 tilla tanga pora beribdi. Qozi ishni uning foydasiga hal qilib berishga va’da beribdi. Yo‘lda ketayotgan ikkinchi do‘st ham qoziga borib 100 tilla berib, u ham ishni o‘z foydasiga hal qilib berishni so‘rabdi. Qozi uni ham pulini olib qolibdi.
Ertasiga aytilgan vaqtga do‘stlar qozining huzuriga borishibdi va o‘z muammolarini hal qilib berishni so‘rashibdi. Qozi ularni eshitibdi-yu, bir so‘z demay jim o‘tiraveribdi. Biroz vaqt o‘tgandan keyin birinchi do‘stni sabri chidamay qoziga bergan 40 tilla tangani eslatib qo‘yish maqsadida debdi:
— Qozi buva, gapni dangal, qirqib-qirqib gapirmaysizmi desa, qozi:
— Ha, qirqib-qirqib gapiray desam, do‘stingni yuzidan o‘tolmay turibman-da, - dermish.