Bir chukcha yozda O‘zbekistonga mehmon bo‘lib kelibdi. O‘zbek chukchaga dasturxon yozib mehmon qilibdi.
Vaqt o‘tib o‘zbek xam Chukotkaga mehmonga borsa, dasturxonda sovuqda muzdek suv turgan ekan o‘zbek:
— O‘zi 30 daraja sovuq bo‘lsa. Bu nimasi? - desa, chukcha:
— O‘zing 40 gradus issiqda menga qaynoq choy uzatganding, oling sovumasin deb... Esingdami? - dermish.
Bir yigit bozorda ayollar taqinchoqlarini sotib o‘tirsa, yoniga chiroyli qiz buvisi bilan kelib so‘rabdi:
— Mana bu taqinchoq necha pul?
— 20 ta bo‘sa debdi, - yigit hazillashgisi kelib.
Shunda qiz:
— Men shunisini olaman. Haqqini buvim to‘lab yuboradilar, - dermish.
Chiroqlari o‘chirilgan xonada er divanda televizor ko‘rib yotsa, xotini yoniga kelib o‘tirdi-da, — Nima qo‘ryapsiz? – deb so‘rabdi.
Shu payt eri sekin xotinining qo‘lini, keyin bilaklarini, keyin belini silab turib, to‘xtab qolibdi.
Xotini kinoyali ohangda:
— Ha, nimaga to‘xtab qoldingiz? – desa, eri:
— Televizorni pultini ustiga o‘tirib olmadingmi deb qidirayotgandim. Mana topdim, - degan ekan.
Ikki do‘st suhbatidan:
— Qariyalarimiz aytishadi-ki, avvalgi o‘zbek kinolarini ko‘rgan odamlar, o‘zlariga kerakli xulosalarni chiqarishar ekan. Hozirgilari esa unaqa emas!
— Bo‘lmagan gap! Masalan, men kecha bir kino ko‘rdim... Boshqa umuman o‘zbek filmlarini ko‘rmayman degan xulosaga keldim.
Ikkita sport shinavandasi suhbatlashmoqda:
— Mak Gregor Xabibni tepganini ko‘rdingmi?
— Ha. U Xabibni tepib, pastga tushirib yubormoqchi edi.
— Nega tushirib yuboradi? Axir jang tepada bo‘layotgan edi-ku!?
— Pastda Mak Gregorni muxlislari Xabibni kutib turishgan edi-da…
Qamoqda oʻtirgan mahbus xotinidan xat oldi. Oʻqib chiqqach, kameradoshlari undan soʻrashdi:
— Xotining nima deb yozibdi?
— E, oʻgʻlim yana beshinchi sinfda qoladigan boʻpti… Oilamizni rossa sharmanda qildi yaramas.
Eri ishidan ertaroq qaytib kelib, xotiniga debdi:
— Xotin, bolalarni kiyintir. Bugun hayvonot bog‘iga boramiz!
Xotini ajablanib:
— Nega? Dab-durustdan boramiz deyapsiz? – desa, eri jahli chiqib:
— O‘zing nyecha kundan beri qarindoshlarimni sog‘indim, ko‘rgani borib-kelaylik deb holi-jonimga qo‘ymayapsan-ku! – debdi.
— Doktor, tushimda men odamxoʻr emishman. Oʻzimga oʻxshaganlar bilan bir qabila boʻlib yasharmishman. Bir kuni huddi xotinimga oʻxshagan ayolni yeb qoʻyibmiz.
— E, havotirga oʻrin yoʻq. Tushga nimalar kirmaydi deysiz?!
— Toʻgʻri-ku-ya, lekin uch kundan beri xotinimni topa olmayapman...
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Nega nikoh uzugingni boshqa barmog‘ingga taqib olding?
— Chunki boshqa insonga turmushga chiqqanimni tushunib oldim.
Yigit bilan qiz niyat bulogʻiga borishibdi.
Birinchi boʻlib yigit niyat qilib suvga tanga tashlabdi.
Keyin navbat qizga kelibdi. Qiz tangani tashlayman deb, oʻzi suvga tushib ketibdi.
Shunda yigit:
— Shu yerda niyat qilsang, albatta amalga oshadi deyishardi. Rost ekan! – dermish.