Er-xotin gaplashib oʻtirishsa, er debdi:
— Rossa qornim ochdi...
Xotini-yam hazillashmoqchi boʻlib:
— Meni yeyaqoling, - desa, eri:
— Jinnimisan, menga yogʻli ovqatlar mumkin emas-ku... – degan ekan.
Bolgʻa bilan bolta bardan qochib chiqayotishsa, oldilaridan arra chiqib qolibdi.
— Nimadan qochyapsizlar? – debdi arra.
— Ichkarida svarka mast boʻlib, toʻpalon qilyapti, - dermush bolgʻa bilan bolta.
Bir kishi doim “Non ursin!” deb qargʻanaverarkan. Kunlarning birida “Doka xleb”ni mashinasi urib ketibdi.
Bir kishi yangi turk gilamini sotib olibdi. Endi uyiga kirgan har bir odamni oyoq kiyimini yechishga majbur qilyapti.
“Albatta , axir gilam turkiyanikida”, deysizmi?
Ha toʻgʻri, lekin gilam devorga osilgan ekan-da...
Laboratoriyada saqlanayotgan skeletlar janjalashib qolishibdi. Biri ikkinchisiga debdi:
— Agar meni urib, biror joyimni koʻkartirsang, ustingdan arz qilaman!
Afandi baliq tutib oʻtirgan yosh bolalarga debdi:
— Hozir baliq tutmanglar! Hozir baliqlar bolalaydigan payt!
Bolalar:
— Amaki, buni oʻzimiz ham bilamiz! Biz erkak baliqlarni tutyapmiz, - debdi.
Samolyotda hayvonlar uchib ketayotishgan ekan. Sher hammasini yigʻib debdi:
— Kim salonda sigaret cheksa, samolyotdan tashlab yuboraman.
Bir payt oq qush chekib oʻtirgan ekan. Yoniga quyon kelib:
— Nimaga sigaret chekyapsan? Sher koʻrib qolsa, samolyotdan tashlab yuboradi, - desa, oq qush:
— Qoʻrqma! Chekaver! Hech narsa qilmaydi, - debdi.
Ikkalasi chekib oʻtirsa, sher kelib qolib, samolyotdan otib yuboribdi.
Oq qush quyonga qarab:
— Uchishni bilasanmi? – debdi.
— Yoʻq... – debdi pastga tushayotgan quyon.
— Uchishni bilmasang, nima qilarding chekib?! – deb uchib ketgan ekan.
Afandi qish kuni lodkali mototsiklida do‘sti bilan ketayotgan ekan. Bir payt qarasa, do‘sti lodka ketayotib, terlay boshlabdi. Afandi hayron bo‘lib tezlikni oshiribdi. Do‘sti battar terlayveribdi. Shunda afandi do‘stidan:
— Nega buncha terlayapsan? Qish bo‘lsa...? – deb so‘rabdi.
Do‘sti bo‘lsa tomog‘i qirilib:
— Ming la’nat! Lodkangni tagi teshik ekan, boyadan beri yugurib ketyapman, - dermish.
Ikki do‘st birga o‘tirsa, biri o‘rnidan turib ketayotgan ekan, narigisi so‘rabdi:
— Qayoqqa ketyapsan?
— Suv ichib kelaman.
— Meni o‘rnimga ham ichib kel, - debdi sherigi.
Bir payt suv ichib kelayotgan do‘sti xursand, kulib kelayotganmish.
— Nega kulyapsan? – desa, do‘sti:
— O‘zim uchun toza suv ichib, sen uchun loy suvdan ichdim, - debdi.
Yigit va qiz suhbatidan:
Yigit:
— Nega xafasan? Senga yozmayotganim uchun-mi? Istasang, har kuni yozaman...
Qiz:
— Konspektlarimni yozib bera olmaysizmi?!