Nafaqaga chiqgan boy amaki ov qilgani yo‘l olibdi. Ov qilib yursa, oldidan bir qurbaqa chiqib, tilga kiribdi:
— Meni o‘zingiz bilan olib keting. Uyingizga olib borib, menga bo‘sa hadya etsangiz, men go‘zal qizga aylanaman...
Amaki o‘ylanib turib:
— Mayli uyga olib ketaman. Lekin bo‘sani hayolingdan chiqar! Go‘zal qizlar tiqilib yotibdi. Gapiradigan qurbaqa esa hech kimda yo‘q!
Ajdarni ikkita kallasi o‘zaro gaplashib tursa, bir kishi kelib:
— Nega uchinchi kallangiz bilan gaplashmayapsiz? – deb so‘rabdi.
Ikkita kalla:
— Uni qo‘shmayapmiz. Anchadan beri sotqin bo‘lib qolgan, - dermish.
— Adasi, nonni narxi oshibdi.
— E, mayli, bir gap bo‘lar!
O‘zbeklar hamma muammolarni shu gap bilan yengib ketadi...
Oʻqituvchi oʻquvchisidan soʻrayapti:
— Qobilov, nega kecha jismoniy tarbiya darsida yoʻq eding?
— Oyogʻim ogʻrigandi...
— Bugun ogʻrimayaptimi?
— Bugun jismoniy tarbiya darsi yoʻq-ku!?
— O‘g‘lim, nega eng past baholar nuqul senga nasib qilaveradi?
— Yaxshi baholarni muallimamiz chetga eksport qilayotgan bo‘lsa kerak.
Afandi yashaydigan qishloqda oʻzidan boshqa savodli odam boʻlmagan ekan.
Bir kishi afandini yoniga kelib:
— Menga maktub yozib bersangiz, narigi qishloqda yashaydigan qarindoshimga yubormoqchi edim, - debdi.
Afandi:
— Ilojim yoʻq. Oyoqlarim ogʻriyapti, - debdi.
— Xatni qoʻl bilan yozasiz-ku, oyoqlaringizni nima aloqasi bor? – debdi haligi kishi hayron boʻlib.
— Meni xatimni oʻqish uchun albatta oʻzimni chaqirishlariga toʻgʻri keladi. Men esa bora olmayman, - degan ekan afandi.
Bir kuni ikkita jinni hovuz boʻyida oʻtirgan ekan.
Birinchi ahmoq qoshiqda shakar olib, hovuzga solibdi-da, suvdan olib ichib koʻrib:
— Ey, shirasi chiqmabdi, - desa, ikkinchi jinni:
— Aralashtirmading-ku! – degan ekan.
Jahongir maktabdan kelib, adasiga debdi:
— Ada, bugun 5 oldim! Ertaga pul berasizmi?
Adasi o‘g‘liga qarab turib:
— Qachon maktabdan 777 olib kelsang, so‘ragan pulingni beraman. Boshingga shapkayam olib beraman, - dermish.
Oʻqituvchi:
— Anvar, toʻgʻrisini ayt! Uyga vazifalarni kim qilib berdi?
— Toʻgʻrisini aytdim, ustoz! Men uxlab qolgandim. Anigʻini bilmayman...
Nafaqaga chiqgan boy amaki ov qilgani yoʻl olibdi. Ov qilib yursa, oldidan bir qurbaqa chiqib, tilga kiribdi:
— Meni oʻzingiz bilan olib keting. Uyingizga olib borib, menga boʻsa hadya etsangiz, men goʻzal qizga aylanaman...
Amaki oʻylanib turib:
— Mayli uyga olib ketaman. Lekin boʻsani hayolingdan chiqar! Goʻzal qizlar tiqilib yotibdi. Gapiradigan qurbaqa esa hech kimda yoʻq!