Er-xotin ajrashish uchun sud zaliga kelishdi.
Xotin:
— Janob sudya, erim oshxonadagi barcha idish-tovoqlarni sotib, pulini “ichib” yuboribdi. Bu er bilan ortiq yashay olmayman!
Er:
— Men ham bunaqa xotin bilan yashay olmayman! Oshxonadagi idishlar yoʻqligini uch haftadan keyin bildi-ya!?
Bir xaridor nuqul 200 gramm goʻsht sotib olaverar ekan. Kunlar, oylar oʻtib, bir kuni oʻsha doʻkondan 2 kg. goʻsht sotib olibdi. Shunda sotuvchi “Nima boʻldi? Toʻy qilyapsizlarmi?” degan ekan.
Lotin alifbosida oʻqishni bilmaydigan bir yigit doʻkonga kelib soʻrabdi:
— Anavi Sosa sola qancha turadi?
Sotuvchi:
— U Sosa sola emas, Koka kola, - deb jahl bilan gapirsa, yigit:
— Uzr, bilmabman. Yonida turgan Gʻanta qancha? – dermish.
Eri baliq oviga ketayotib, xotiniga:
— Men ertaga qaytaman, - debdi.
Aksiga olib, oʻsha kuni yomgʻir yogʻib qolibdi. Telefonini olib qarasa quvvati tugab qolibdi. Doʻstini telefonidan xotiniga qoʻngʻiroq qilsa, xotini goʻshakni koʻtarib:
— Allo, men ketyapman! – debdi eri.
Xotini shoshib-pishib:
— Kelavering! Ahmoq erim shu yomgʻirda baliq oviga ketdi, - dermish.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, bitta yigitga 8 ta qiz toʻgʻri keladi. Menda qiz yoʻq! Demak, qaysidir ablah 16 ta qiz bilan yuribdi…
Bir kishi yoʻldan oʻtib ketayotsa, afandi mushugini yuvintirib turgan emish. Shunda yoʻlovchi afandiga:
— Mushugingizni yuvmang, oʻlib qoladi, - desa afandi:
— Seni nima ishing bor, - deb javob qilibdi.
Biroz vaqt oʻtib haligi yoʻlovchi qaytib oʻtayotsa, afandining mushugi oʻlib qolib. Afandi tepasida yigʻlab turganmish.
Shunda yoʻlovchi afandiga:
— Men sizga aytgandimku, mushugingizni yuvmang, oʻlib qoladi deb. Gapimga kirmadingiz. Mana ahvoli! - desa. Afandi yoʻlovchiga qarab:
— Mushugimni yuvganda oʻlgani yoʻq. Tezroq qurisin deb yaxshilab suvini siqgandim, oʻlib qoldi, - dermish.
Bir qari kampir shifokor huzuriga borib:
— Bolam, yuragim ogʻriyapti, - debti. Shunda doktor:
— Koʻpqavatli uyda turasizmi buvijon? – desa, kampir:
— Ha, 3 qavatda turaman, - deb javob beribdi.
Doktor:
— Sizga umuman zinadan foydalanish mumkin emas. Manavi dorini 2 oy ichasiz. Dori tugagach keling, tekshiramiz, - debdi.
Onaxon 2 oydan soʻng kelib, yuragini tekshirtiribdi.
Doktor xayron qolib:
—Onajon, sizni yuragigingiz 18 yoshli qizlarni yuragidek uryapti. Siz butunlay sogʻsiz! - debdi.
Kampir xursand boʻlib:
— Endi uyimga zinadan chiqsam boʻladimi? – desa, doktor:
— Shu paytgacha nimada chiqayotgandingiz? –debdi.
Onaxon:
— Ikki oydan beri oyna, tarnovlarga ilashib chiqayotgandim, - dermish.
Yoʻl patrul xizmati xodimi taksi mashinasini toʻxtatib, haydovchiga:
— Siz litsenziyasiz yoʻlovchilarni tashiganingiz uchun jarima yozaman, - desa, haydovchi:
— Oʻrtoq komandir, bugun hali bitta ham mijoz olganim yoʻq! Bir tiyin pulim ham yoʻq!
— Shunaqa deng?! Mayli unda boring! Tezroq odam olib, pul topib keling!

Qaniydi, imtihonda test savollari seriallardan tuzilgan bo‘lsa…
Akang qarag‘ay hozir grantda o‘qiyotgan bo‘lardi!

Tez yordam mashinasi katta yoʻlda bir itni urib yuboribdi.
It oʻlib yotsa, atrofiga odamlar toʻplanib ketishibdi. GAI xodimi nima qilishini bilmay, tez yordam mashinasidagi vrachga:
— Siz ayting. Odamlar tarqalishsin! – desa, vrach:
— Bu yerda faqat marhumning yaqinlari qolsin. Qolganlar ketaversin, - degan ekan.