Qamoqxonaga yangi mahbusni olib kelishibdi.
Boshqa mahbuslar undan:
— Seni nega qamashdi? – deb so‘rashsa, yangi mahbus:
— Men qayoqdan bilib o‘tiribman, Amerikada ham huddi men chiqarayotgan pullardan chiqarayotganligini??? – degan ekan.
Yosh qizcha otasi bilan dars qilmoqda.
Otasi qizidan so‘rabdi:
— Boshimizni tanamizdan nima ajratadi?
Qizi ikkilanmasdan:
— Bolta, ada! – deb javob beribdi.
Yigit bilan qiz telefonda SMS orqali gaplashmoqda:
Yigit:
— Salom, baxshimisiz?
Qiz:
— Baxshimisiz???
Yigit:
— E, uzr! “Yaxshimisiz” demoqchi edim. Mana bu “Ayfon”ning klaviaturasidagi axmoq avtokorrektor shunday deb o‘zgartirib yuboribdi...
Qiz:
— Ha... Nima bo‘ldi ekan debman!? O‘chirib qo‘ya qoling o‘sha avtokorrektorni.
Yigit:
— Mna, u4rib k6edem avt6krrektrri. Mnm4a wunaka gaplawse yaxщide, a nma ddiz?
Qiz:
— Yo‘q, yaxshisi avtokorrektorni yoqib qo‘ya qoling!
Bir kuni ikkita jinni qorni ochib o‘ylanib o‘tirishgan ekan, biri debdi:
— Qani endi bitta non bo‘lsa, men bitta tishlardim, sen bitta tishlarding, men bitta tishlardim, - desa sherigi:
— Sen nega ikki martta tishlayapsan? - deb urishib ketibdi.
Xotin eriga:
— Dadasi biz yaqinda bittaga ko‘payamiz, - desa eri xursand bo‘lib ketibdi.
— Rostanmi? Juda zo‘r bo‘pti-ku! O‘g‘il ekanmi yoki qizmi? – desa, xotini:
— Onam biznikiga ko‘chib kelyaptilar, - dermish.
Bir kishi qari donishmanddan:
— Ayollarni yaxshi yoki yomonligini qanday ajratsa bo‘ladi? - deb so‘rabdi.
— Ularni gapirishidan, - javob beribdi donishmand.
— Agar gapirmasa-chi?, - so‘rabdi kishi.
Shunda donishmand:
— Shuncha yashab, bunday yaxshi ayolni uchratmadim, - deb javob beribdi.
Xotirasi past yigit sevgan qizidan SMS kutaveribdi-kutaveribdi...
Oxiri sevgilisi yo‘qligi esiga tushib qolibdi.
Ishga shoshilib chiqib ketayotgan erini xotini to‘xtatibdi:
— To‘xtang-chi adasi. Hech narsani unutmadingizmi? – debdi har kuni ishga ketishdan avval bolalari bilan hayrlashib ketishi kerakligini eriga eslatmoqchi bo‘lib...
Eri shoshib-hovliqib cho‘ntagini kavlabdi-da 10 ming chiqarib, xotiniga berib “Boshqa yo‘q, ushla! Bori shu!” deb yugurib chiqib ketavergan ekan..
Davlat byudjetidagi pullar – inson manfaatlari uchun mo‘ljallangan pullardir! Qaysi insonlar deysizmi?! Ha, ularni har kuni televizorda ko‘rib o‘tiramiz-ku...!
Ulfatlar do‘stinikiga yig‘ilishib, gaplashib o‘tirishgan ekan. Dasturxonda hamma narsa bor, faqat aroq yetishmayotgan emish. O‘tirganlardan biri yonidagi o‘rtog‘ini turtib so‘rabdi:
— Bugun ichamizmi o‘zi?!
— Biroz sabr qil, - debdi do‘sti.
Qarashsa, uy egasi qo‘lida ikkita shisha olib kelayotgan emish.
— Ana, aytdim-ku senga olib keladi deb! – debdi do‘sti.
Sabri chidamayotgan ulfati bo‘sh qadahni ko‘tarib:
— Men ungacha tost aytib turaveraman! – dermish.