Ikkita og‘ayni bog‘da daraxtlarga chiqib olib, olma o‘g‘irlayotishsa, bog‘ qorovuli kelib qolibdi.
Og‘aynilardan biri sherigiga:
— Qochdik Rahim, qorovul keldi, - desa, sherigi:
— Ha ahmoq! Familiyamni ham ayt endi nodon!!! – dermish.
Zalda sud jarayoni ketmoqda. Advokat nutq so‘zlab turgan payt, ayblanuvchi aksirib yuboribdi:
— Ana ko‘rdingizmi? Men rost gapiryapman, - debdi advokat sudyaga qarab.
Sudya:
— Gapingizni tugatdingizmi? Bu yerda sud ketyapti!!!
Soqol qo‘ygan yigitga ko‘pchilik "Soqolingni oldirib tashla!" debyaverishadi-yu, lekin tor shim kiygan qizga "Buvilaring, momolaring bunday yurishmagan. Uzun ko‘ylak kiyib ol!" deb hech kim gapirmaydi.
Xotini:
— Men ayolman! Kir yuvish mashinasi emas!
Eri:
— Yo‘g‘-ye, buni qara-ya! Men ham odamman, bankomat emasman!
Ruhiy kasallar shifoxonasida:
Bemorlar shifoxona tomiga chiqib olib, birma-bir pastga tashlashayotgan emish.
Bosh shifokor kelib:
— Nima o‘ynayapsizlar? – desa, jinnilar:
— Samolyot-samolyot o‘yinini o‘ynayapmiz, - dyeyishibdi.
Bosh shifokor:
— Ha yaxshi. Sizlarga qarab turadigan shifokorlar qani? – desa bemorlar:
— Ularni avvalgi reyslarda uchirib yubordik, - deyishibdi.
Men 3 oydan beri bitta kitobni o‘qiyapman. Nomi: Ingliz tilini 3 kunda o‘rganing.
To‘qson yoshga kirgan otaxon ko‘zguga qarab, — Mana bugun to‘qsonni qarshiladim, - debdi-da, boshiga qarab, — Sen ahmoq 40 yoshdayoq sochlarga ruxsat berib yubormaganingda, ular ham bugun to‘qsonga kirar edi, - dermish.
Vrach xonasi eshigida yozuvni o‘qigan bemor tanish ism, familiyani ko‘rib hayron bo‘libdi.
“Bu axir sinfdoshim-ku” debdi ichida. Xonaga kirib qarasa, qarshisida o‘zidan ancha yosh katta ko‘ringan vrach turgan ekan.
— E, sinfdosh qalesan?! – debdi quvonchini yashirmay bemor.
Vrach bo‘lsa unga qarab:
— Kechirasiz bemor, sizni tanimadim...! – deb hayron bo‘libdi.
— Rostan meni tanimadingmi?! 105-maktab esingdami? – so‘rabdi yana bemor.
— Ha, men o‘sha maktabda o‘qiganman. Siz o‘qituvchim bo‘lsangiz kerak?! Qaysi fandan dars bergansiz? – degan ekan vrach.
Ikki kursdosh gaplashyapti:
— Ko‘ylagimni ikki kun ketma-ket yuvdim. Bugun yoqasi yana kir bo‘libdi, - desa, do‘sti:
— Yoqangni yuvgandan ko‘ra bo‘yningni yuvsang, yoqang kir bo‘lavermaydi, - dermish.
Rentgenga birinchi martta tushayotgan bola doktorga:
“Iltimos, menga 3x4 dan bitta” degan ekan.