Yangi rus ogʻaynisi chukchani kuchuklari qorda chanalarni tortishga qiynalayotganini koʻrib, unga kamaz sovgʻa qilibdi.
Bir oydan keyin kelib, xabar olibdi.
— Qalay, kamaz yaxshi ekanmi? Endi qiynalmayapsanmi? - desa, chukcha:
— Kamaz yaxshi. Ichlari issiq. Lekin juda ogʻir ekan, itlarim tortishga qiynalyapti, - degan ekan.
Bir yigit yoʻlda ketayotib, chiroyli qizni uchratib qolibdi.
— Yaxshi qiz, gugurtingiz bormi? – desa, qiz:
— Yoʻq, men nosga oʻtganman, - degan ekan.
Ikkita jinni bitta chuqurga tushib olib, qancha urinsalar ham undan chiqa olisholmabdi.
Jinnilardan biri:
— Agar shu safar ham chiqa olmasam, uyimga ketaman, - debdi.Bola tuqqanda ona u dunyoga borib qaytsa, keyinchalik sekin aqlini yuqotishni boshlaydi )))
Xotin eriga debdi:
— Men qanday ayol boʻlsam, yonimdan bir zum ham ketmas edingiz?
Er oʻylanib turib javob beribdi:
— Pastki qavatdagi ayolga oʻxshagan boʻlsang...
Xotini:
— Qanaqa ayol ekan u? – desa, eri:
— Soqov ayol bor-ku...! – degan ekan.
Bir ayol eriga:
— Dadasi, televizorda ob-havo ma’lumotini xato ko‘rsatyapti. Tashqarida +40 gradus, lekin televizorni bir chekkasida 0+ deb yozilgan, - desa, eri:
— Bir soat oldin 7+ deb yozilgan edi-ku, - dermish.
Xotin:
— Er-xotin shuncha yil birga yashab, faqatgina bir marotaba uydan ikkalamiz birga chiqdik...
Dugonasi:
— Birga? Kino yoki teatrga borgandami?
Xotin:
— Yo‘q! Uyimizdan yong‘in chiqqanda. Birga yugurib, qochib chiqdik...
Bir abituriyent imtihon paytida yonida abituriyentga debdi:
— Sening isming nima?
— Sardor. Seniki-chi?
— Meni ismim ham Sardor. Yana meni hujjatlarim bilan o‘rnimga imtihonga kirgan bo‘lmagin...!
Chol kampiriga ovqat qilishini tayinlab, o‘zi hovlida yong‘oq chaqib o‘tirsa, bir yong‘oq puch chiqib qolibdi. Puch yong‘oqni olib, “Hozir kampirimni oldiga borib, mana bu yong‘oq seni miyangga o‘xshab puch ekan deb boplayman”, deb kampirini oldiga kiribdi.
Kampiri so‘ligan sholg‘omni qiynalib archayotganini ko‘rgan chol jimgina ortiga qaytgan ekan...
Quyon shapka kiyib o‘tsa, bo‘ri “Nega shapka kiyib olding?” - deb shapaloq urar ekan. Shapkasiz o‘tsa, “Shapkang qani?” deb shapaloq urar ekan.
Quyon sherga arz qilgandan so‘ng, sher bo‘rini chaqirib, aql o‘rgatibdi:
— Sen quyonga “Sigaret olib kel”, - degin. “Gugurt qo‘shib kelmadingmi?” deb urish. Gugurt qo‘shib kelsa, “Sendan gugurt so‘radim-mi?” deb urgin, - debdi.
Buni quyon eshitib turgan ekan.
Bo‘ri quyonni sigaretga jo‘natibdi. Quyon gugurt ham olibdi-da, yashirib olibdi.
— Mana sigaret, - debdi.
Bo‘ri:
— Gugurti qani? - desa, quyon:
— Mana gugurt, - debdi. Shunda bo‘ri o‘ylanib turib “Shapkang qani?” deb bir shapaloq qo‘yib yuborgan ekan.
Ikkita qozoq Rossiyada taksiga o‘tirib bir-biriga debdi:
— Taksistning rojase strashniy eken.
Shu payt haydovchi o‘girilib:
— Вам что, моё лицо не нравится? – debdi.
Qozoqlar hayron bo‘lib:
— Вы что казахсий язык знаете? –dermish.