— Nega yig‘layapsiz? – debdi vrach.
Kelin:
— Menda egizaklar! - deb yana battar yig‘lay boshlabdi.
— Egizaklar bo‘lsa nimasi yomon? – so‘rabdi vrach.
— Erim “Ikkinchi bola kimdan? Qayerdan olding?” deb so‘rasalar nima deb javob beraman? – dermish kelin.
Bir kuni uyiga ichmasdan kelib, ataylab ko‘zini yumib yotsa, xotini bilan bolalari tayoq olib kelib, endi urmoqchi bo‘layotganlarida o‘rnidan turib:
— Ha, demak bu senlarni ishlaring ekan-da!? – deb hammasini quvlab ketgan ekan.
Kasalxonada yigit hushiga kelib, yonida yotgan xonadosh bemor bilan tanishib undan so‘rabdi:
— Qayerliksiz?
— Qarshilikman, - debdi xonadoshi.
Shunda elektrik:
— Rezistor ekansiz-da... – desa, xonadoshi:
— Tok yomon urganga o‘xshaydi... – dermish.
— Dazmol bo‘lsam, nima qilar eding?
— Qiziganmikan deb yuzingga tuflab ko‘rardim.
Muallima:
— Xo‘sh, Eshmatov, agar uch yashar ukang uy kalitini yutib yuborgan bo‘lsa, qanday yo‘l tutarding?
— Uyga derazadan oshib kirardim.
— Tila tilagingni! - debdi jin.
Talaba o‘ylab turib, — O‘zbekistonda internet qachon arzon bo‘ladi? - debdi.
Jin nima deyishini bilmay o‘ylanib tursa, chiroqni kerosini tugab qolibdi.
— Yigitlar, sizlar jarimaga tortildinglar.
— Nima sababdan? Mayxo‘rlik qilib o‘tirganimiz uchunmi?
— Yo‘q! 4 soatdan beri ichib, bir martta ham hojatxonaga chiqmaganingiz uchun.