— Oyijon, gaz plitamiz nega buncha kir bo‘lib ketdi?
— Akang tuxum qovuribdi.
— Nima, akam tovani topolmabdilarmi?
Futbol ishqibozi o‘g‘lini erkalatyapti:
— Meni yolg‘izim, shirin bolam, kelajagim meni! Sen meni hayot o‘yinimda urgan golimsan! Shunda xotini eriga qarab:
— Men-chi adasi? – debdi.
Shunda er xotiniga:
— Sen ham urgan golimsan. Faqat o‘z darvozamga urib qo‘ygan – avtogolsan, - dermish.
Pazandachilik kursida o‘qiyotgan qizdan onasi so‘rabdi:
— Dars paytida tayyorlagan taomlardan o‘zingiz ham yeysizlarmi?
Qiz yig‘lamsirab:
— Yeyishga majburlashadi, - degan ekan.
Boshliq kotibasi bilan poyezdda bir kupeda ketyapti. Erkak pastki joyda, kotiba esa yuqoridagi joyda. Tunda kotiba pastga qarab:
— Men sovuq qotyapman. Menga ko‘rpa uzatib yuborolmaysizmi?- deb nozlanibdi.
— Keling, bu tun bir-birimizni er-xotin deb tasavvur qilamiz,- debdi boshliq
Kotiba xursand bo‘lib:
— Bajonidil! - debdi
— Unday bo‘lsa ko‘rpani o‘zing ol! Qo‘ling sinmaganku axir! - deb o‘shqiribdi boshliq
Konfutsiyni oldiga bir ayol kelib so‘rabdi:
— Aytingchi, qo‘shxotinlik bilan qo‘sherlikni farqi nimada?
Konfutsiy indamay, ikki choynak choy bilan ikkita piyola opkelib ayolga aytibdi:
— Bitta choynakdan ikkita piyolaga choy quychi.
Ayol uni aytganini qilibdi.
— Qalay yoqyaptimi?
— Ha, - debdi ayol.
— Endi bitta piyolaga ikkita choynakdan choy quychi.
Ayol yana u aytganday qilibdi.
— Xo‘sh qalay yoqyaptimi?
— Judayam, - desa,
— Tur yo‘qol-ye axmoq, tuppa-tuzuk rivoyatni rasvo qilding, - degan ekan.
Maktabda o‘qiydigan bola adasidan so‘ramoqda:
— Ada, siz ko‘zingizni yumib imzo qo‘ya olasizmi?
— Ha, nima edi? – debdi adasi.
— Unday bo‘lsa, kundaligimga qo‘zingizni yumib, qo‘l qo‘yib bering...! – dermish bolakay.
Bir kuni tunda afandi mehmondan qaytayotsa, yo‘lida boy uchrab qolibdi.
Boy afandini kamsitmoqchi bo‘lib:
— Ha, afandi, senmiding? Men bo‘lsa mol kelyapti deb o‘ylabman, - desa, afandi hozirjavoblik bilan:
— Iye, boyota! Men sizni odamga o‘xshatib yuboribman, siz ekansiz-ku, - degan ekan.
Juda uyatchan odamlar cho‘milayotganlarida chiroqni o‘chirib qo‘yishar ekan...
Ikkita g‘iybatchi ayol ko‘chada gaplashib turishibdi:
— Hoy o‘rgilay, anavi Shoiraxon bor-ku, narigi mahalladagi... Kecha poliklinikaga chiqsam, o‘shani ko‘rib qoldim deng. Uyalmay-netmay, poliklinikani yo‘lagida pista chaqib turibdi!
— Voy, qo‘rib ketsin!
— Uni pista chaqishiga qarayman deb, qo‘limdagi pivoni tushurib yubordim.
— Nega ayollarning tepa sochi to‘kilmaydi?
— Bilmadim, nega ekan?
— Chunki ularning xotini bo‘lmaydi!