Haydovchi:
— Hoy usta bola, burama mixlaring asfaltga to‘kilyapti.
Bola:
— Men hali usta emasman, vulkanizatsiyada shogirdman!
Chumoli va fil chegarani noqonuniy kesib o‘tishmoqchi bo‘lib, chegaraga yaqinlashishibdi. Shunda chumoli birdaniga yerga yotib olibdi. Fil hayron bo‘lib:
— Iye chumoli, nega yotib olding? - desa, chumoli:
— Sen ketaver do‘stim! Meni chegarachilar ko‘rib qoldi, - dermish
— Mashrab, tushimda ilon ko‘ribman, ta’biri nima?
— Qaynonang mehmonga keladi.
Bir kuni bemor vrach qabuliga boribdi. Bemor xonadan chiqib ketayotsa, vrach “Sizdan 20 ming” debdi.
Bemor cho‘ntagidan telefonini chiqarib, kamerasini yoqibdi-da, — Nima dedingiz? – debdi.
Vrach:
— 20 mingga dori-darmonlar olasiz dedim, - dermish.
Ofis farroshi erta tongdan ishga kelsa, hamma xodimlar kelib bo‘lishgan ekan. Ular xonadagi jihozlarni joyini almashtirar, shkaf va stollarni u yoqdan, bu yoqqa surar ekanlar. Farrosh hayron bo‘lib:
— Nima qilyapsizlar? – desa, xodimlar:
— Xolajon, biz doim shunaqa qilamiz. Firmamiz ishlari yurishmay qolsa buyum va jihozlarni joyini almashtiramiz. Shunda savdo ham yurishib ketadi, - deyishibdi.
Shunda farrosh:
— Eh... Myen bu yerda ancha yildan beri ishlayman. Boshliq savdo pasayib, ishlar yurishmay qolganidan xabar topgan zahoti mebellarni emas, xodimlarni almashtiradi, - dermish.
Talaba bo‘lgan ikki do‘st uchrashib qolibdi.
— Sen qaysi institutga kirding?
— Tibbiyotga. Sen-chi?
— Veterinar bo‘lishga o‘qiyapman. Juda yaxshi bo‘pti. Institutni tamomlagach, bir-birimizni davolay olarkanmiz.
Ertalab turib maktabga ketmoqchi edim, soatga qarasam maktab tugagan ekan.
Shaharga ish bilan kelgan xo‘roz grilda aylanib pishayotgan tovuqlarni ko‘rib dedi:
“Qishloqda tuxum rejasi bajarilmayotgan paytda, senlar karusel uchib yurganingga o‘laymi..!”
Bir kuni afandi uyi yonida yig‘lab o‘tirsa, qo‘shnisi o‘tib qolibdi.
— Ha afandi, nega yig‘layapsiz? – debdi qo‘shnisi.
— Nega yig‘lamay?! Tomdan choponim tushib ketdi, - debdi afandi.
— Choponingiz tushib ketgan bo‘lsa, siz nega buncha yig‘laysiz? – so‘rabdi hayron bo‘lgan qo‘shni.
— Yig‘laymanda! Choponimning ichida o‘zim ham bor edim... – degan ekan afandi.