Ko‘chada kuchli shamol ko‘tarilib, yomg‘ir yog‘a boshlabdi. Shu payt uy eshigini kimdir taqillatibdi. Er borib, eshikni ochsa, ostonada shalabbo bo‘lib ketgan qaynonasi turgan emish. Kuyov hayajonlib:
— Oyijon, shu yomg‘irda nega ko‘chada yuribsiz? Tez uyingizga boring! – debdi-da eshikni yopib qo‘yibdi.
Bo‘yi yetgan yigit adasining kalishini ichiga sabzi solib, “dadam meni tushunib oladigan” degan hayol bilan institutga o‘qishga ketibdi. Kechqurun qaytib kelsa, o‘zini kalishini ichida to‘lov-kontrakt shartnomasi turgan emish.
Er xotiniga:
— Kostyumimni tozaladingmi?
Xotin:
— Ha, tozaladim.
Er:
— Shimimni tozaladingmi?
Xotin:
— Ha, tozaladim.
Er:
— Oyoq kiyimimni-chi?
Xotin:
— Axir uni cho‘ntagi yo‘q-ku?!
Xotin eriga:
— Dadasi, bugun tushimda menga Galaxy olib beribsiz.
— Xotinjon, senga necha marta aytaman, yomon tush suvga aytiladi, boshqa hech kimga aytilmaydi deb!
Oshiq yigit hikoyasi:
Sevgan qizim kitob o‘qishni juda yaxshi ko‘rishini, har kuni kitob o‘qishini aytdi. Uning tug‘ilgan kuniga qiziqarli kitob sotib oldim-da, 10-sahifasiga sovg‘a pul solib qo‘ydim. Oradan 1 oy o‘tsa ham, sevgan qizim pulga yetib kelmayapti...
Stomatolog vrach vafot etibdi. Hamkasb do‘stlari uning qabri ustiga katta tish haykalini qo‘yishibdi. Vrachlardan biri kular emish.
— Nega kulyapsan? – deyishsa, vrach:
— Men o‘lsam, qabrim ustiga nima qo‘yishar ekan? - dermish.
GreenCard yutib anchadan buyon vataniga qayta olmayotgan kishi tilla baliq tutib olibdi:
— Tila tilagingni ey odamzod!
— Meni O‘zbekistonga qaytarib yubora olasanmi?
— Buni iloji yo‘q! Agar iloji bo‘lganida, o‘zim ham Sirdaryoga qaytgan bo‘lardim.
Er-xotin televizor ko‘rib o‘tirsa, xotini:
— Voy, oyijon! – deb yuboribdi.
Eri bo‘lsa:
— Rostan, o‘xshar ekan! – dermish.
Bir kishi yangi zaporoj mashinasini sotib olibdi. Benzini tugab, mashina o‘t olmay qo‘ibdi. Shunda haligi kishi zaporojni old kapotini ochsa, motor yo‘q emish. U motorni kimdir o‘g‘irlab ketgan deb o‘ylabdi-da, orqa kapotni ochib qarasa motor bor emish. “Hayriyat zahira motori bor ekan. Hozir olib joyiga o‘rnataman” deb motorni yecha boshlabdi...