Ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p o‘tirgan ota farzandli bo‘libdi. Farzandi ulg‘aygach, otasidan so‘rabdi:
— Ada, meni ismimni kim qo‘ygan?
— Tvitter, telegram, instagramm, ...
— Kim u qarindoshlarimizmi? Nega ular uyimizga kelishmaydi?
Bir kuni toshbaqani boshini ari chaqib olibdi.
Ishib ketgan boshini kosasiga kirgiza olmagan toshbaqa o‘zicha “Bugun ayvonda yotarkanmanda” degan ekan.
To‘ydan bir oy o‘tgach kelin uyda qaynona-qaynotasi, hech kim yo‘q fursatni kutib, kuyovni yoniga kelib debdi:
— Azizim, to‘yimizdan avval menga e’tiborli edingiz. Sovg‘alar olib berar edingiz, restoranlarga olib borar edingiz...
Endi bo‘lsa, na kino yo‘q, na ko‘chaga chiqmayman, sovg‘alardan umuman nom-nishon yo‘q!
Kuyov bo‘lsa:
— Qiziqmisan!? Qaysi baliqchi qarmog‘iga ilingan baliqni chuvalchang bilan boqib yurganini ko‘rgansan? – degan ekan.
— Salom yaxshi qiz! Ismingiz nima? Tanishsak bo‘ladimi?
— Yo‘q!
— Aytaqoling...
— Yosh bolamisiz!? Yo‘q dedim-ku!
— Men sizni bir ko‘rishda sevib qoldim. Siz bilan baxtli hayot qurmoqchiman!
— Mayli, ismim – Zarina.
— Yosh bolamisiz?! Aldasam ham ishonaverasiz...
Demak, bunday! Yangi 2020 yilda:
Dehqonlarga - yer maydonlari,
Xizmatchilarga - fabrika, zavodlar,
Turmushga chiqmaganlarga - sovchilar,
Ishsizlarga - kira uchun Matiz,
Norozilarga - bir shapaloqdan!!! Bor sovg‘am shu...
Ikki do‘st suhbatlashmoqda:
— 31 dekabr kuni kechqurun nima qilmoqchisan?
— Bilmadim. Lekin 1 yanvar kuni tongda nima qilishimni aniq bilaman!
— Nima qilasan?
— Ovqat hazm qiladigan, bosh og‘rig‘ini qoldiradigan va ko‘ngil aynashni ketkazadigan dori xarid qilish uchun dorixonaga boraman.
Bir qizaloq ko‘zguning oldida ko‘zini yumib turganmish.
Onasi kelib:
— Nima qilib turibsan? – desa, qizi:
— Qanday uxlashimni tomosha qilyapman, - debdi.
Ikki mast odam taksi to‘xtatib:
— Chilonzorga! – deb mashinaga o‘tiribdi.
Haydovchi “Bir bularni ta’zirini beray!” deb 2-3 martta gazni bosibdi-da:
— Yetib keldik! – debdi.
Mast kishilar mashinadan tushib:
— Sekinroq haydasang bo‘lmaydimi!? Biz senga kartoshka emasmiz! – deyishibdi.
Yigitlarning qizlarga aytadigan mashhur bahonalari:
1. Keyin o‘zim telefon qilaman (Sen bilan gaplashgim yo‘q!);
2. Uydagilar qo‘ng‘iroq qilishvatti (Kecha tanishgan qiz 2-liniyaga tushvatti);
3. Albatta uylanaman! (Sendan qachon qutulaman!?);
4. Ovozing yaxshi eshitilmayapti (Qachon gaping tugaydi?!)
5. Keyingi hafta armiyaga ketaman (Alvido!)
Kino shinavandalarining suhbatidan:
— O‘zbek kinolari haqida bilmaganlar nima deydi?
— O‘zbek kinolarini bilmaganlar, o‘zbeklarda qaynonalari yovuz, bemehr va “zahar” bo‘lar ekan. Kelinlari oilada xizmatkor ekan, kuyovlar onasini “chizgan chizig‘idan chiqmaydigan”, qaynotalarning esa oilada umuman o‘rni yo‘q ekan deydi.
— Bilganlar-chi, bilganlar?
— Bilganlar «Ol boshqa kanalga...» deydi.