Bir kuni chol yo‘lda ketayotib ko‘za topib olibdi. Ko‘zadan jin chiqibdi. Chol jinga qarab:
— Menga 8 sotix yer ajratib ber! - desa, jin:
— Ko‘zani kadastrida buncha yerni o‘zi yo‘q-ku, Qayerdan topaman?! - dermish.
Tergovchi guvohni so‘roq qilmoqda:
— Siz jabrlanuvchi Hamidni do‘pposlashayotganini ko‘ra turib, yordam bermay, indamay o‘tib ketgansiz...
— Nima qilay? Axir o‘zlari mensiz ham juda yaxshi uddalashayotgandi-da...!
Xotin eridan so‘rayapti:
— Azizim,Romeo Julettani sevgandek seva olasizmi meni?
— Bilmayman. O‘qimaganman!
— Otello Dezdemonani rashk qilganidek, meni rashk qila olasizmi?
— Bilmayman. O‘qimaganman! - to‘ng‘illab javob beribdi er va debdi:
— Agar ko‘p savol beraversang, bo‘g‘irsoqqa o‘xshab sendan qochib ketaman.
Bir yigit barga kiribdi. Uni ikki qo‘li ham gipslangan ekan. Barmenga yaqinlashibdi.
— Iltimos, cho‘ntagimdan pul olib, pivo bering... qo‘llarim gipslangan...
— Gap bo‘lishi mumkin emas, - debdi barmen va pivoga yarasha pul olib, pivo quyib beribdi.
— Xudo xayringizni bersin, pivoni og‘zimga yaqinlashitirib qo‘ying...
— Marxamat, aka!
Shu tariqa bir necha bokal ichibdi.
— Uka, xojatxonalaringiz qayerdaligini aytolmaysizmi?
— Aytaman! Bu yerdan 5 kilometr naridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida!
— Allo, bu hayvonlarni himoya qilish jamiyatimi?
— Huddi shunday.
— Pochtachi amaki daraxtni ustiga chiqib olib, itimizni rossa haqoratlayapti.
Institut auditoriyasida dars ketyapti. O‘qituvchi doskaga murakkab formulalarni yozish bilan band. Talaba yigitlar esa karta o‘yini bilan mashg‘ul.
Yigitlardan biri qo‘lidagi kartani noto‘g‘ri tashlab, o‘yin qoidasini buzgan edi, yonidagi o‘rtog‘i:
— Ey, tushunmadim...!!! Manga qara! Nima bu??? - desa, doskaga yozayotgan o‘qituvchi shoshib-pishib:
— Hozir, hozir hamma formulalarni tushuntirib beraman, - dermish.
— Dada, bugun maktabda ixchamgina ota-onalar majlisi bo‘ladi.
— Ixcham deganing nimasi?
— Si-iz, me-yen va direktor ishtirokida...
Kecha meni GAI xodimi to‘xtatib, qoidabuzarligim uchun jarima yoza boshladi. Shu payt xodimning cho‘ntagidan ikkita yap-yangi 50ming so‘mlik tushib qoldi.
Yerga tushgan pullarini olib, unga uzatsam, GAI xodimi menga jahl bilan:
— Pora taklif qilmay qo‘yaqoling! Jarima yozib bo‘ldim! - dedi.
Men esa bu pullar uning cho‘ntagidan tushganini aytib, hecham tushuntira olmadim. U ishonmadi.
Na iloj, 100 mingni cho‘ntagimga soldim-da, yo‘limda ketaverdim...
Oldiga fartuk taqib olib idish yuvayotgan erkak oldiga kichkina o‘g‘ilchasi yugurib kelib debdi:
— Ada, ada!
— Ha, o‘g‘lim. Nima deysan?
— Siz necha yildan beri oyimga xizmat qilasiz?
Sudya:
— Siz butunlay boshqa odamga aylanishingiz kerak! Urinib ko‘ring!
— Yo‘q o‘rtoq sudya, mumkin emas.
— Nega axir?
— Yaqinda hujjatlarimni qalbakilashtirganim uchun o‘tirib chiqdim...