Uch yigit harbiy bilim yurtini bitirib, xizmatga kelishibdi. Polkovnikni yoniga kirib debdi:
— O‘rtoq polkovnik xizmatni davom ettirishimiz uchun ixtiyoringizga keldik. Polkovnik uchchalasiga qarab:
— Mayli, sizlarga uchta savol beraman. 2 soat ichida javobini aytasizlar. Birinchisi - ayollarga munasabatiz? Ikkinchisi - ichkilikka munosabatingiz. Uchinchisi - xizmatga munosabatingiz. Shu savollarga javob kutaman, - deb chiqarvoribdi.
2 soatdan keyin birinchisi kirib:
— O‘rtoq polkovnik, men ayolimga xiyonat qilmayman, ichkilik ichmayman, xizmat qilishni xohlayman, - debdi.
Polkovnik:
— Barakalla! Sen rota komandiri bo‘lasan, - debdi. Ikkinchisi kirib:
— O‘rtoq polkovnik men ichaman, xotinimga xiyonat qilaman, xizmat qilishni xohlamayman, - debdi. Polkovnik:
— Ha mayli, sen omborda ishlaysan, - debdi. Uchinchisi kirib:
— O‘rtoq polkovnik, aroq va qiz mashinada... Yana qanday xizmat buyurasiz, - debdi. Polkovnik bolani ko‘ziga qarab turib, telfonini olib, qo‘ng‘iroq qilibdi.
— Allo, xotin bugun uyga kechroq boraman. Yangi yordamchimga ob’ektlarni ko‘rsatib chiqaman, - dermish.
Afandi mast holda uyiga kirsa, uyida gaz hidi ekan. Afandi fikrlabdi:
"Hozir chiroqni yoqsam, yonib ketaman" deb, uyga sham yoqib kirgan ekan.
Kambag‘allik lo‘lining joniga tegib, o‘zini osishga qaror qilibdi. Daryo sohilidagi daraxtga arqon bog‘lab bir uchini bo‘yniga solibdi.
Lekin shu zahoti arqon uzilib, lo‘li daryoga qulabdi. Uni zo‘rg‘a qutqarib olib:
— Nega bunday qilding? - deb so‘rashsa, lo‘li:
— Meni tinch qo‘yinglar! Mana shu yaramas arqonning dastidan sal bo‘lmasa cho‘kib ketardim, - dermish.
Ikkita uchastka noziri aylanib yurishsa, daraxtda bir odam osilib turgan ekan. Nozirlardan biri ikkinchisiga:
— Nima qilamiz boshimizga ortiqcha tashvish keltirib. Shu murdani narigi tumanga olib borib osib kelaylik, - debdi.
Ikkala nozir murdadan qutulib, yo‘llarida ketaveribdi.
Narigi tumanni nozirlari aylanib yurib, ko‘zi daraxtda osilib turgan odamga tushib:
— Anavini qaranglar, yana shu yerga osib ketishibdi...- dermish.
— Menga qara, og‘ayni, mendan yuz ming so‘m qarzing borligi esingdami?
— Esimda. Mana, qara yon daftarimga katta-katta harflar bilan yozib qo‘yibman.
— Ko‘rdim.
— Agar shunaqa eslataverib jig‘imga tegaversang, umuman o‘chirib tashlayman.
— Bankomatni buzib, pul olish uchun xakker qanday yo‘l tutadi?
— Qo‘liga bolg‘a va nootbukni oladi va bankomatga kelib, uni bolg‘a bilan urib buzadi va pullarni oladi.
— Iye, unda nootbuk nega kerak?
— Nootbuksiz xakker - xakkermi?!
Agar internet tezligiga ham pedal o‘rnatilganda edi, insonlar kamroq semizlik kasalligiga uchrar edilar.
Boshliqning kotibasi:
— Aziz Qodirovich, boyadan beri telefon jiringlayapti. Sizni so‘rashyaptimi yoki menimi bila olmayapman...
— Bu nima deganingiz???
— Go‘shakni ko‘tarsam, "Dangasani mumkinmi?" - deyishadi. Bilolmayapman, sizga ulab beraymi yoki o‘zim gaplashaymi...
Rokfeller degan odam 100 million pul yig‘ishni va 100 yoshga kirishni niyat qilgan ekan.
300 million pul yig‘ibdi-yu, 97 yoshga kirib qazo qilibdi.
Hamma niyatlar ham amalga oshavermas ekan-da...
Yaponlar bitta so‘kinganda 1 daqiqa minut oldinga o‘tib qoladigan soat ixtiro qilishibdi. Tekshirish uchun soatni yapon bariga ilib ko‘rishibdi. Ertasiga qarashsa 2 daqiqa oldinlabdi. Keyin rus bariga ilib ketishibdi. Ertasiga qarashsa, 20 daqiqa oldinga o‘tib qolibdi. Oxiri o‘zbek choyxonasiga ilishibdi. Ertasiga qarashsa, soat yo‘q emish.
— Soat qani? - deyishsa, choyxonachi:
— E, u soatmidi? Biz qishda vyentilyator nimaga aylanib turibdi deb olib tashlabmiz...- dermish.