Hamshira bemorga maslahat beryapti:
— Agar shifokorga ataganingiz bo‘lsa operatsiyagacha bering! Aks holda keyin kech bo‘lishi mumkin...
Futbol jamoasi murabbiysi o‘z lavozimidan ozod etilar ekan, o‘rniga yangi saylangan murabbiyning qo‘liga 3 dona raqamlangan konvertda xat tutqazibdi va debdi:
— Bu konvertlarni hozir ochmagin! Og‘ir damlaring kelganda birin-ketin ochaverasan...!
Oradan ozgina vaqt o‘tib, komanda yana mag‘lubiyatga uchray boshlabdi. Shunda murabbiy 1-raqamdagi konvertni ochibdi. U yerda: "Hamma aybni menga ag‘daraver!" deb yozilgan ekan. Murabbiy shunday qilibdi.
Oradan yana vaqt o‘tibdi. Mavsum tugab, ketma-ket mag‘lubiyatlar komanda murabbiysini og‘ir ahvolga solib qo‘yibdi. 2-raqamli konvertni ochganida u yerda "Katta va’dalarni ber!" degan yozuv o‘qibdi. Yana ma’lum vaqt murabbiyni tinch qo‘yishibdi.
Uchinchi yil mag‘lubiyat! Hech qanday g‘alaba yo‘q! Muhlislarning noroziliklari! So‘nggi konvertni ochgan murabbiyni ko‘zi shu yozuvni o‘qibdi: "Xatlaringni yozaver!!!"
Hayotida nimanidir almashtirishga qaror qilgan Valijon, valyuta almashtirish shoxobchasini ochdi...
Bir kuni bolakay dadasiga debdi:
— Dada, O‘zbekiston qachon jahon chempionatiga chiqadi?
Dadasi boshini qashib turib debdi:
— Bolam, raqib tomon adashib, o‘zini darvozasiga gol urganda, albatta jahon chempionatiga chiqarmiz...
Bir yigit do‘stiga debdi:
— Men xotinimni karate seksiyasiga berdim.
— Ho‘sh qalay?
— Yaxshi! Shug‘ullanyapti...
— Sen-chi?
— Men ham... Ovqat tayyorlashni, kirlarni yuvishni, uy tozalashni o‘rganib oldim...
Avtobus bekatida ikki notanish erkak turibdi. Birining sochlari malla, ikkinchisi kal. Mallasoch erkak nimadan gap boshlashni bilmay so‘radi:
— Ha, birodar, Xudo sizni sochdan qisganga o‘xshaydi-a?
— Nega qisadi? Malla soch bermoqchi bo‘lgandi, o‘zim istamadim.
Ayolning eri yana ichib kelibdi. Xotini doimidek janjal ko‘taribdi.
— Nima, yana ichib keldizmi? Biror marta mana shu aroq o‘lgurni ichmay kelasizmi? Nimaga ichaverasiz shu yer yutkurni?
— Nima qilay, aroq suyuq, ichiladi. Agar qattiq bo‘lganda, g‘ajirdim...
Do‘konda.
Xaridor:
— Sizda suyaksiz baliq bormi?
Sotuvchi:
— Yo‘q, lekin go‘shtsiz kolbasalar bor.
Mijozlarni qo‘lllab quvvatlash markaziga qo‘ng‘iroq
— Allo, eshitaman?
— Kimdir bormi?
— Men o‘sha kimdirman...! Eshitaman sizni!?
Direktor bir o‘quvchiga maktab derazalarini bo‘yashni buyurgandi. Ikki soatdan so‘ng o‘quvchi direktordan so‘radi:
— Romlariniyam bo‘yaymi?