Boshliq xonasida turgan qog‘oz maydalagichga hujjatni qo‘yibdi-da, kotibasidan so‘rabdi:
— Qaysi tugmasini bosish kerak?
— Qizil tugmani bosing, - debdi kotiba.
Qog‘oz maydalanibdi. Shunda boshliq kotibaga qarab:
— Shu hujjatdan yana bitta nusxa chiqarish kerak, - dermish.
Bir bolakay do‘konga kelib sotuvchiga debdi:
— Kecha menga qaytim berishda 5000 mingga adashibsiz!
Jahli chiqqan sotuvchi bolakayga o‘dag‘aylab:
— Kecha shuni aytmaysanmi?! Endi kech bo‘ldi. Qayerdan olib beraman syenga 5000 ming pulingni?! - desa, bolakay orqasiga o‘girilib:
— Mayli, 5000 mingni sizga qaytarib bermoqchi edim-da..., - deb ketib qolibdi.
Bugun rahbarimiz 5 yoshli qizalog‘ini ishxonaga olib keldi. Qizaloq hamma yoqni kuzatib o‘tirib, yonimga keldi-da dedi:
— Adam sizlarni qul qilib sotib olganmi?
— Ha, - dedim men ham kulib.
Shunda qizaloq mehribon ohangda:
— Xavotir olmang, katta bo‘lsam hammangizni o‘zim ozod qilaman, - deydi.
Bir bola do‘stiga qo‘ng‘iroq qilsa, do‘stining onasi go‘shakni ko‘taribdi:
— Allo, kim bu?
— Do‘stim Alisher uydami?
— Ha, u uyda!
— Telefonni unga bera olasizmi?
— Yo‘q!
— Nega axir? Uyda dedingiz-ku?!
— Lekin men ko‘chadaman-da!
Er-xotin restoranga kirishibdi. Xotini restoranning bir burchagidagi stolda aroq ichib o‘tirgan yigitni ko‘rsatib eriga debdi:
— Qarang, shu yigitni men 5 yil avval tashlab ketgan edi. Hanuzgacha ichib yuribdi.
Eri ishongisi kelmay:
— Qo‘ysang-chi, hech kim bunchalik uzoq nishonlamaydi-ku...!? - degan ekan.
Kema kapitani matrosga debdi:
— Kapitan bo‘lishni istaysanmi?
— Ha, albatta!
— Shu daqiqadan boshlab shu kemani kapitanisan. Kema cho‘kyapti. Qoidaga ko‘ra sen kemani oxirgi bo‘lib tark etishing kerak.
Bankka bosqinchilar kirib hammaga baqira boshlashibdi:
— Teskari o‘giril, yot! Agar kim bizni yuzimizni ko‘rsa, otib tashlaymiz!
Bir odam:
— Men ko‘rdim, - deb yuboribdi. Shu zahoti to‘pponchani olib otib tashlashibdi. Yana so‘rashibdi:
— Yana kim ko‘rdi?! - desa, chetroqda yotgan odam:
— Meni xotinim ko‘rdi, - dermish.
Bu yil yozda toming qayerlargadir ketdi. Sen bo‘lsa hattoki chorvoqqa ham chiqib kelmading...
Yangi kelin-kuyov tushlik ovqatdan keyin ota-onasi bilan gaplashib o‘tirishsa, kuyov bola kelinga "Tur uyga kiramiz" degan parolni bermoqchi bo‘lib, stol tagidan xotinini oyog‘i bilan turtib imlabdi. Yana bir ozdan keyin sal kuchliroq turtsa, kelin yana indamabdi. Bundan kuyov bolani jahli chiqib bir tepgan ekan, kuyovni adasini jahli chiqib:
— Gaping bo‘lsa gapir! Boyadan beri nega oyog‘imga tepasan?! - dermish.
Bog‘chadan qaytgan bolakay onasiga debdi:
— Oyijon, bugun bizni kasallikka qarshi emlashdi.
— Yig‘lamadingmi ishqilib?
— Yo‘q, meni quvlab yeta olishmadi...