Birinchi sinf o‘quvchisiga onasi dars qildiryapti:
— Senda to‘rtta olma bor edi. Ikkitasini yeding. Nechta qoladi?
— Ikkita olma va ikkita olmaning po‘chog‘i, oyijon...!
Otasi 7 yoshli o‘g‘liga debdi:
— Senga necha martta aytganman, gugurtni o‘ynash mumkin emas deb!?
O‘g‘li:
— Men uni o‘ynamadim. Men sigaretimni yoqib oldim, ada! – degan ekan.
Bir odam qo‘shni davlatga ishlagani borib kelibdi-yu, qaytib kelgach odamlarga maqtana boshlabdi:
— Turkiya, Arabistonning hamma shaharlariga bordim. Juda miriqib dam oldim.
Qo‘shnilaridan biri debdi:
— Unda siz jug‘rofiyani yaxshi bilsangiz kerak?!
— Yo‘q! Men hali Jug‘rofiyaga bormadim. Lekin, yaqinda u yerga ham borishni rejalashtirganman, - dermish haligi odam.
Kasalxonada o‘lim to‘shagida yotgan bemorni vrach tinchlantirmoqda:
— Yuragingiz bir maromda urmoqda, qon bosimingiz joyida, tana haroratingiz ham me’yorda, ...
Bemor umidsizlik bilan debdi:
— Doktor, demak myen sog‘-salomat holda o‘lyapmanmi?
Vokzal oshxonasida ikki erkak choy ichib o‘tirishsa, mikrofondan e’lon eshitilibdi: “Diqqat! Poyezd jo‘nab ketmoqda!”
Sherigi narigisiga qarab:
— Iye, poyezdimiz ketib qolyapti, tur!!! – desa, ikkinchisi xotirjam choyini xo‘plab:
— Bilet bizda-ku, qayerga ketardi?! – dermish.
Afandi uylangach, bir haftadan keyin xotini o‘g‘il tug‘ibdi.
Beshikni bosh tarafiga daftar, qalam qo‘yayotgan Afandiga odamlar debdi:
— Nega kecha tug‘ilgan bolani boshiga bularni qo‘ydingiz?
Afandi javob beribdi:
— To‘qqiz oylik muddatni bir haftada bosib o‘tgan bola, tez kunda maktabga borsa ajabmas!
Bir odam o‘pka qishlog‘iga ketayotib, yo‘lda adashib qolibdi.
— Kechirasiz, o‘pka qishlog‘iga qanday borsam bo‘ladi? – debdi o‘tkinchi bir kishidan.
— Hozir kekirdakka yetib keldingiz. Biroz yursangiz o‘pkaga yetasiz, - degan ekan haligi kishi.
Bir odam yo‘lda ketayotib, juda-yam isib ketibdi.
Do‘konlardan biriga kirsa, muzdekkina ekan. Biroz dam olib turmoqchi bo‘lsa, sotuvchi kelib so‘rabdi:
— Keling, nima olasiz?
Haligi odam:
— Dam olaman, bormi? – dermish.
Bir kuni hayvonlar sigirdan so‘rashibdi:
— Ayt-chi, sen aqillimisan yoki echkimi?
— Albatta men! Mana masalan, katta yo‘ldan o‘tayotganda men har tarafga qarab, keyin o‘taman, - debdi sigir.
— Echki-chi? – deyishibdi hayvonlar.
— U bo‘lsa molga o‘xshab o‘tib ketaveradi, - javob beribdi sigir.
Xalqimizda bir gap bor. Agar qiz bolani uyiga o‘nta sovchi kelsa u hech biriga rozi bo‘lmay, o‘n birinchisini kuta boshlaydi...