Metro keyin avtobusga chiqib, uyga kelsam, cho‘ntagimdan qog‘oz chiqdi.
Ochib qarasam, ayollarni chiroyli yozuvida telefon raqami va ikki og‘iz gap yozilgan:
"Qo‘ng‘iroq qiling, afsuslanmaysiz!".
Xursand bo‘lib raqamni tersam, "Ortiqcha vazndan qutulmoqchimisiz? Men sizga yordam beraman!"
Bozorda aylanib yurib, bolasini yo‘qotib qo‘ygan ota bozor idorasiga borib debdi:
— Maylimi mikrofondan bir gapni e’lon qilsam?
— Gapiring, - deyishibdi.
Otasi mikrofonni yoqib:
— Xayr kichkina zumrasha! - degan ekan.
Qari bemor vrachga uchradi. U bemorga dori yozib berib tayinladi:
— Mana bu hamma dorilarni har kuni uch mahal ovqatdan keyin bir hafta davomida ichasiz.
— Nimalar deyapsiz, doktor?! Buncha ovqatni qayerdan topaman?
Ishdan kelgan erini ostonada xotini kutib olib, debdi:
— Korxonangiz yopilayotgan emish... Eshitdim!
Eri:
— Kim aytdi senga buni? Qayoqdan topasan shunaqa gaplarni?!
Xotini:
— Mahalladagi ayollar gapirishdi...
Eri:
— O‘sha g‘iybatchilarni gapiga ishondingmi? Gapiraveradi-da!!!
Ertasi kuni ishdan kayfiyati yomon kirib kelgan eri xotinini chaqirib dermish:
— Borib mahalladagi ayollardan bilib kel-chi, meni endi qayoqqa ishga o‘tkazishar ekan?!
Yigit do‘sti bilan gaplasha turib debdi:
— Nega futbolga qiziqmasang ham, nuqul futbol ko‘rishga boraverasan?
Do‘sti bo‘lsa:
— Ishga borsam boshlig‘im baqiradi. Uyga borsam xotinim... Futbolga borsam men baqiraman.
«Kim bo‘lsam ekan?» degan mavzuda suhbat davom etardi.
«Men styuardessa bo‘lmoqchiman» degan qizdan o‘qituvchi so‘radi:
— Bu kasb haqida hech tasavvurga egamisan?
— Bo‘lmasam-chi! Styuardessa samolyotdagi yo‘lovchilarga ovqat va ichimliklar beradi. Agar birontasi o‘zini yomon his qilsa, uni darhol ochiq havoga olib chiqadi.
Bir bo‘ri ariza qo‘ltiqlaganicha shoshib-pishib borardi. Yo‘lda bir ayiq uni to‘xtatib so‘radi:
— Ha, bo‘rivoy, yo‘l bo‘lsin?
— Menga qilingan tuhmatlardan rayonga borib dod solaman!
— Senga kim alam o‘tkazdi?
— Ferma mudiri qo‘ylarni o‘zi pinhon suv qilib, akt tuzib, aybni menga to‘nkayveradi.
Bir xasis savdogar Afandidan so‘radi:
— Siz ham pulni yaxshi ko‘rasizmi?
— Xasislarga yuzimni sarg‘aytirmaslik uchun yaxshi ko‘rsam, ajab emas...
Bemor travmatolog oldiga kelibdi.
— Iltimos yelkamga qadalib qolgan vilkani olib tashlang, - desa, vrach:
— Meni ish vaqtim tugadi, - debdi.
— Iltimos doktor bir nima qiling!
Doktor bir kasalga bir soatiga qarabdi-da, vilkani sug‘irib kasalning ko‘ziga sanchib:
— Ana bo‘ldi, okulist hali bir soat ishlaydi. Unga murojat qiling, - debdi.