Afandidan so‘radilar:
— Dunyoda nimaning terisi qalin?
— Timsoh, fil, tuyaning terisi.
— Ulardan ham qalinrog‘i bormi?
— Bor: chayqovchi, dangasa va xushomadgo‘ylarning terisi ularnikidan ham qalinroq.
Er va xotinning ajrashib ketishiga faqat er sababchi emas! Unutmang, qars ikki qo‘ldan chiqadi. Qaynona-chi, u ham aybdor!
Jamoat transportida yurishdan avval hammomga kirishni o‘ylab ko‘rganmisiz?
Afsus...
Bir yigit do‘stidan so‘rabdi:
— Nega xotining bilan ajrashding?
Do‘sti:
— Xotinim ikki oydan beri "Siz meni sevmaysiz, meni sevmaysiz" deb gapiraverdi...
— Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi.
— Shu..., aytganidek bo‘ldi...!
Afandi bir idoraga ishga kirmoqchi bo‘lib borgan edi, uning boshlig‘i «erta keling, indin keling» deb juda ko‘p sarson qildi. Afandi bu ishdan umidini uzib o‘sha idora yonidagi sartaroshxonaga kirib ishlay boshladi. Bir kuni idora boshlig‘i kirib Afandiga soch oldirmoqchi bo‘l-di, Afandi uning sochining yarmini oldi-da:
— Turing, qolganiga ertaga keling! - dedi.
Ikki dugona suhbatidan:
— Turmushga chiqganingga afsuslanmaysanmi?
— Nimalar deyapsan? Nima menda yurak yo‘qmi? Achinaman albatta erimga...
Asfalt kovlayotgan ishchidan yo‘lovchi so‘radi:
— Qanday qilib shunday shovqinga chidaysiz-a?
— E, bu hech gap emas! Men bir necha yil boshlang‘ich sinflarga dars berganman.
Ikkita so‘qqabosh suhbatlashyapti:
— Yaqinda pazandalik kitobini sotib olgandim, ammo undan foydalanishning iloji yo‘q ekan.
— Nega?
— Kitobdagi har bir tavsiya «Toza idishni olasiz» degan so‘z bilan boshlanarkan.
Oltin baliqcha dengiz hukmdoriga shikoyat qilib boribdi:
— Meni istaklarni bajarish vazifam buyicha litsenziyani qaytarib oling.
— Nega?
— O‘zbekistonlik futbol muxlislari mamlakatimizni jahon chempionatiga chiqarib ber deya tilak bildirishib, meni qiynab yuborishdi. Men ularni tilaklarini bajara olmayman.
— Mayli, unda Babayan bilan Qosimovning murabbiyylik litsenziyasini ham birga qo‘shib olib kel.