Ikkita jinni tortishib qolishibdi.
Birinchisi olma daraxtiga qarab turib:
— Bu yil mana shu daraxt ikki tonna olcha beradi, - debdi.
Ikkinchisi esa:
— Yo‘q, bu daraxt bu yil bir tonna shaftoli beradi, - debdi.
Shu payt shifokor kelib qolibdi. Suhbatni eshitib turib:
— Axir, bu daraxt anor-ku! - dermish.
Mehmon mezbonga:
— Sahiyligingiz shundan ko‘rinib turibdi. Qarang, piyolamni to‘ldirib choy quyibsiz!
— Bu sahiylikmas. Shakar sololmang dedim!!!
Erkak do‘stiga dedi:
— Kecha kechqurun kelayotsam, yo‘l chetida qurbaqa yotibdi. Rahmim kelib uyga olib keldim. Uxlashga yotayotib uni yonimga yotqizdim. Ertalab uyg‘onsam qurbaqa malikaga aylanib qolibdi. Ishonasanmi do‘stim?
— Ha ishonaman.
— Negadir xotinim ishonmayapti.
— Menda-yam shunaqa bo‘lgandi-da...
Xotini ko‘zgu oldida o‘ziga oro berib eriga maqtana boshlabdi:
— Bilasizmi? Bugun kosmetologga borgandim. U meni yuzimni 18 yoshli qiznikiga o‘xshatdi.
Eri ensa qotirib:
— 48 yoshli ajinlaring haqida hech nima demadimi, - desa, xotini jahl bilan:
— Yo‘q! Sizni so‘ramadi, - dermish.
— Adasi, ancha sovuq tushib qoldi. Bolalarni kiyintirish kerak! Qachon bozorga olib borasiz?
— Kecha hisoblab ko‘rdim. Bolalarni issiq o‘lkalarga uch oyga yuborsak arzonroq tusharkan, xotin...
Bir bolakay maktabga ketayotsa, yoniga taksi kelib to‘xtabdi-da:
— O‘tir olib borib qo‘yaman, - debdi haydovchi bolaga rahmi kelib. Bolakay mashinaga chiqibdi-yu, haydovchiga savol bera boshlabdi:
— Otam harbiy, onam militsiyada ishlasa, men kim bo‘laman?
— Yaxshi harbiy bo‘lasan.
Bolakay yana so‘radi
— Agar otam o‘qituvchi, onam esa bog‘cha tarbiyachisi bo‘lsa, men kim bo‘laman?
Haydovchi:
— Murabbiy bo‘lsang kerak.
Shunday qilib bolakay savol beraveribdi. Oxiri haydovchi jahli chiqib, bolaga o‘girilibdi-da:
— Agar otang bema’ni, aroqxo‘r, qimorboz bo‘lsa, onang betayin buzuqi bo‘lsa, sen kim bo‘lasan?
Shunda bolakay:
— Taksichi bo‘laman, - degan ekan.
Aka-singil karamli salat yeb o‘tirishgan ekan akasi:
— Singlim, echkiga o‘xshab o‘tirishimizzi qara! - desa, singlisi:
— Siz balki echkiga o‘xshab ketyapsiz, men quyonchaman! - dermish.
Asabiylashgan bemor vrachdan so‘rabdi:
— Rentgen tasviri necha pul turadi?
— Oddiy tasvirmi?, - debdi vrach.
— Yo‘q, yelkamda maymun bolasi, orqamda esa qora dengiz, ustida chayka qushlari uchib yurgan ko‘rinishi qancha bo‘ladi?! - dermish.
Xotin eriga debdi:
— Adasi haydovchilik guvohnomasiga o‘qisam degandim. Menga mashina olib berardingiz... Qarindoshlarnikiga borardik.
Eri:
— Sen mashina haydasang, qarindoshlarni ko‘ra olmaymizmi deb qo‘rqaman, xotin...!
— Allo, Nodirni mumkinmi?
— Uxlayapti.
— Agar uyg‘onsa, do‘sting qo‘ng‘iroq qildi deb qo‘ysangiz.
— “Agar uyg‘onsa” deganing nimasi???