— O‘g‘lim, akvariumdagi suvni yangiladingmi?
— Yo‘q, oyijon! Baliqchalar hali suvni ichib bo‘lishmabdi.
— Nega quloqlaring bog‘lab tashlangan do‘stim?
— Kiyimlarimni dazmol qilayotgandim, telefon jiringlab qoldi. Telefon deb dazmolni ko‘taribman.
— Ikkinchi qulog‘ing-chi? Unisiga nima bo‘ldi?
— Tez yordamga qo‘ng‘iroq qilaman deb, yana dazmolni ko‘tarib yuboribman-da...
Bir erkakni xotini kasal bo‘lib yotib qolibdi. Erini chaqirib:
— Agar o‘lib qolsam, nima qilasiz? — debdi.
— O‘lmay qolsang nima qilaman xotin? — dermish eri yig‘lamsirab.
Bir odam vrachni yoniga kelib debdi:
— Doktor, menga yordam bering. Men tushkunlikka tushib qoldim.
— Nima bo‘ldi?
— Narx-navo oshib boryapti, meni esa pulim yo‘q!
— Kechirasiz, sizga pul bera olmayman!
— Hech bo‘lmaganda, depressiyadan chiqish uchun arzonroq dorini ayting!
— Chuqur nafas oling, chiqaring. Yana takrorlang.
— Bu qanday yordam berishi mumkin?
— Havo bepulligida to‘yib nafas ovoling...
Bir kishi xotinini stomatologga olib boribdi. Stomatolog hazillashib:
— Kenayi, tishlaringizni eringiz urib to‘kib tashladimi? - debdi. Shunda ayolni eri:
— Uka, seniki hozircha butun ekan. Tilinga ehtiyot bo‘l! - dermish.
Bir odam yo‘lakda tamaki chekib tursa, qo‘shnisini uyidan dodlagan ovoz eshitilibdi.
Zur o‘tmay, qo‘lida singan 3D ko‘zoynagi bilan tashqariga yugurib chiqibdi.
Boyagi odam:
— Ha qo‘shni, tinchlikmi? - desa, qo‘shnisi:
— 3D televizor sotib olgandim. Bir payt qarasam, dahshatli dinozavr ustimga bostirib kelyapti..., - dermish.
Uyda ayol kitob o‘qib o‘tirsa, o‘g‘li maktabdan kelib:
— Nima oyijon, internet ishlamayaptimi?!, - dermish.
Charchagan ot cho‘chqaga dardini aytibdi:
— Xo‘jayin nuqul ertalabdan kechgacha omochda yer haydatib, hamma ishlarni qildiradi. Qornimni to‘ydirmasdan olib kirib tashlaydi.
Cho‘chqa:
— Xo‘jayinni ustidan "Hayvonlarni himoya kilish jamiyati"ga shikoyatnoma yoz!, - debdi.
Shunda ot:
— Ey, yo‘q, bu to‘g‘ri kelmaydi. Agar xo‘jayinim yozish va o‘qishni bilishimni payqab qolsa, kechasi bilan bolalarini darsini qildiradi, - dermish.
Bir ovchi o‘rtog‘iga:
— Ayiq o‘ldirdim, - debdi.
— Nechta o‘q otding? - desa,
— O‘nta o‘q, - debdi.
— Nechtasi tegdi? - so‘rabdi yana do‘sti.
— Birortasi-yam tekkani yo‘q! Ayiq kulib-kulib, o‘lib qoldi, - degan ekan ovchi.
— Ada ayting-chi, bir million, bu ko‘pmi yoki kam?
— O‘g‘lim, buncha pulni ishlab topmoqchimisan yoki sarflamoqchimisan? Shunga bog‘liq!