Maktabdan qaytgan qizidan otasi so‘rabdi:
— Ho‘sh qizim, maktabingda nima yangiliklar?
Qizi:
— Maktabimiz yonidagi somsaxonada narxlar oshibdi ada...
Bir kuni Moskvadan Afrikaga uchayotgan samolyot jungli o‘rmonlariga qulab tushibdi. Samolyot ichidagi odamlar hayron, hamma yokda turli xil hayvonlar...
Shunda bitta mahluq kelib samolyot ichiga qarab:
— Ayollarni yeyman, erkaklarni olib qolaman. Ular menga ovqat pishirib, kiyimlarimni yuvishadi, - debdi.
Shunda bir ayol o‘rnidan turib:
— Iltimos, bizni yemang, axir bunday ishlarni ayollar qilishadi-ku..., - desa, samolyot oxirida o‘tirgan barzangi erkak o‘rnidan turib:
— Hoy nodon ayol nimalar deyapsan?! Mahluq akamni o‘zi biladi nima qilishni, - dermish
Ishga kirish uchun suhbatdan o‘tayotgan yigitdan:
— Avval juda yaxshi joyda ishlagan ekansiz. Ayting-chi, nega bo‘shagansiz? - deb so‘rashsa, yigit:
— Siz o‘zingiz ayting-chi, avvalgi ishchingiz nega bo‘shab ketgan?
Shifoxonada:
— Jag‘ingiz qanday sindi?
— Ishda jarohat oldim.
— Uch joyidan sinibdi-ya o‘ziyam. Nima ish qilasiz?
— Ekskavatorchiman. Kecha ishdan qaytayotsam, yo‘ldagi kanalizatsiya qopqog‘i ochilib yotgan ekan. Birortasi tushib ketmasin deb, ekskavator cho‘michini tuynukka qo‘yib, uyga kirib ketdim. Ertalab kelib cho‘michni ko‘tarsam, kanalizatsiyadan uchta santexnik chiqib kelishdi...
To‘rtta farzandi bor erga xotini:
— Tuzlangan qulupnay yegim kelyapti adasi, - deyishi bilan er hushidan ketib qolibdi...
— Sizga qoyilman! Qanday qilib uni boshqaryapsiz?
— Kimni?
— Bema’ni tilingizni-da...
Bir kuni ko‘r bilan kar ovga borishibdi. Yo‘ldan chiqqan quyonni ko‘r otibdi.
Keyin qarg‘a:
— Tegdimi? - desa,
Kar:
— Otmisanmi?, - dermish.
Bir odam taksi to‘xtatib, orqa o‘rindiqqa o‘rnashib o‘tiribdi. Manzilga yaqinlashganda, orqadan taksichini yelkasiga qo‘lini qo‘ygan ekan, taksichi dod solib baqirib, mashinani daraxtga borib uribdi.
O‘ziga kela olmagan haydovchi boshi yorilgan yo‘lovchiga qarab:
— Kechirasiz og‘ayni. Taksida uchinchi kun ishlayapman. Oldin 15 yil morgda o‘lik tashiganman..., - dermish.
Bir kishi gazetaga e’lon beribdi.
"Men ish izlayapman. Maoshi ko‘p bo‘lishi shart emas. Faqat bitta shartim, dushanbadan jumagacha dam olish, shanba yakshanba kunlari esa xordiq bo‘lsa kifoya" deb yozib qo‘yibdi.
— Familiyangiz nima?
— So-so-sodiqov.
— Nima, duduqmisiz?
— Yo‘q, adam duduq bo‘lganlar. Guvohnoma yozgan ayol esa g‘irt tentak...