O‘qituvchi o‘quvchisidan so‘rabdi:
— «Qand» so‘zini qo‘shib bir gap tuz-chi!
— «Ertalab qahva ichdim».
— Bu gapda «qand» so‘zi yo‘q-ku?
— Qand qahvaning ichida erib ketgan-da!
Buvisi nabirasidan so‘rabdi:
— Namuncha ko‘p suv ichyapsan?
— Olma yegandim.
— Xo‘sh, nima bo‘pti?
— Uni yuvmasdan yegandim...
Afandi ko‘chada ketayotsa, do‘sti so‘rabdi:
— Ha, afandi, yo‘l bo‘lsin?
— Tabibga ketyapman, - javob berdi Afandi.
— Soppa-sog‘siz-ku, axir?
— E, birodar, navbat kelguncha kasal bo‘laman-da!
Besh yoshli qizaloq xonani burchagida turib, onasiga debdi:
— Oyijon, shu ishingiz to‘g‘rimi?
— Yomon hulqing uchun seni jazoladim. O‘sha joyda tur!
— Yosh bo‘la turib, shu burchakda, siz haqingizda yomon fikrlay boshlayapman! Yaxshi emas, oyijon!
— Futbolchilar gol ura olishmasa, "oyoqlari qiyshiq" deymiz.
Balki ularning ko‘zlari g‘ilaydir!?
Ko‘chada ketayotgan yigitni oldidan bir lo‘li chiqib:
— Ako keling, bir fol ko‘ray! Agar yaxshi xabar aytsam, 2000 so‘m berasiz. Yomon xabar aytsam, 1000 so‘m, - debdi.
Yigit rozi bo‘lib, qo‘lini uzatibdi.
Lo‘li yigitni kaftiga qarab:
— Xotiningiz homilador ekan. Yaqinda egizak o‘g‘illaringiz bo‘ladi, - desa,
Yigit xursand bo‘lib, 2000 uzatibdi.
Lo‘li 1000 so‘mni qaytib berib:
— Shoshmang ako, oxirigacha eshiting. Bolalarni otasi siz emassiz..., - dermish.
Bir donishmanddan so‘rashibdi:
— Eri qayerdaligini har doim bilib turadigan ayol kim bo‘ladi?
Donishmand javob beribdi:
— U ayol beva bo‘ladi!
— Menga bitta chiroyli atirguldan bering!
— Sevgan qizingizgami?
— Yo‘q, qaynonamga.
— Nega buncha kam?
— To‘g‘ri aytasiz. Ikkita beraqoling!
— Sizni nega ishdan bo‘shatishdi?
— Avtobusda ko‘zi ojiz yo‘lovchiga joy berganim uchun!
— Kim bo‘lib ishlardingiz o‘zi?
— Avtobus haydovchisi edim...
Bir kuni afandi baliq oviga boribdi.
Havo aynib, sovib ketibdi. Shunda afandi baliq to‘riga o‘ranvolib, — baribir sovuq-da..., - dermish.