Ikkita yigit kinoteatrda kino boshlanishini kutib o‘tirishsa, oldi qatorda bir kal odam o‘tirgan ekan. Bittasi sherigiga:
— Kel, garov o‘ynaymiz! Anavi kalni boshiga urib kelsang ellik ming beraman, - debdi.
Sherigi o‘ylanib turib, rozi bo‘libdi. Sekin kalni oldiga borib boshiga bir urib:
— Salom Ahmad! Qayerlarda yuribsan?, - desa, kalni jahli chiqib:
— Men Ahmad emasman! Adashtirib yubordingiz, - debdi.
— Kyechirasiz, huddi Ahmadga o‘xshar ekansiz, - deb joyiga borib o‘tiribdi. Birozdan so‘ng haligi sherigi:
— Yana borib boshiga ursang, yuz ming beraman, - debdi. Sherigi yana borib kalni boshiga bir urib:
— Salom Ahmad! Sochimni oldirsam, tanimaydi deb o‘ylayapsanmi?, - debdi. Kalni yana jahli chiqib:
— Akajon, men Ahmad emasman, - deb boshqa joyga borib o‘tiribdi. Yana biroz vaqt o‘tgach haligi yigit:
— Yana borib boshiga ursang ikki yuz ming beraman, - debdi. Sherigi kalni oldiga borib boshiga bir urib:
— Salom Ahmad! Bu yerdamiding? Boyadan beri narigi yoqda bir bolani senga o‘xshatib yuboribman, - dermish.
Boshliq ishga yangi kotiba olibdi. Uyga kelsa, xotini rashk bilan so‘rabdi:
— Xo‘sh, yangi kotibangizni oyoqlari qanaqa ekan?
Eri:
— Bilmadim, - debdi.
Xotini yana so‘rabdi:
— Ko‘zlari qanaqa ekan?
— E’tibor bermadim.
— Loaqal qanaqa kiyinarkan?
— Ko‘rdim. Juda tez kiyinar ekan!
Amerikaliklar oyga chiqishganini eshitgan rossiyaliklar, quyoshga chiqishga ahd qilishibdi.
— O‘rtoq boshliq, buni aslo iloji yo‘q! Axir quyosh kuydirib yuboradi, - deyishibdi kosmonavtlar.
— Buni yo‘li bor, siz kechasi ketasizlar, - dermish komandir.
Ota o‘g‘liga Pushkinning “Oltin baliq" ertagini o‘qib beryapti.
Ertak oxirida o‘g‘li otasiga qarab:
— Dada, nega chol oltin baliqdan yangi kampir so‘ray qolmaydi?, - dermish.
— Kecha yangi telefon sotib olgandim. Kamerasida nuqul mahluqni rasmi ko‘rinyapti.
— "Oldi kamera" rejimini o‘chirib qo‘ygin-da...
Er-xotin xiyobonda aylanib yurishgan ekan. Er har zamonda — Eshitaman, azizam, - deb ketarmush.
Xotinini jahli chiqib:
— Agar yana bir martta qarg‘ani "qag‘illashiga", — "Eshitaman, azizam" desangiz, mendan yaxshilik kutmang debdi.
E’lonlar saytidan:
— Juda-yam aqilli kuchukcha yo‘qolib qoldi. Sharik, agar ushbu e’lonni o‘qiyotgan bo‘lsang, uyga qo‘ng‘iroq qil yoki telegrammdan xabar jo‘nat!
Liftga yosh qiz bilan er-xotin kirishibdi. Bir payt qiz o‘girilib, erkakni yuziga tarsaki tushiribdi-da,
— Xotiningizni oldida uyalmaysizmi tegajoqlik qilishga?!, - deb baqiribdi-da, liftdan chiqib ketibdi.
Er esa yuzini ushlagancha xotiniga qarab:
— O‘lay agar, hech narsa qilganim yo‘q, - debdi qo‘rqib.
Xotini:
— Tinchlaning, bu men edim, - debdi.
Bir talaba oshxonaga kirib qahva bilan bulochka olibdi-da, qo‘lini yuvish uchun ketibdi. Qaytib kelsa, qahvasi yo‘q emish.
— Kim meni qahvamni ichdi?, - debdi.
Hamma jim-jit.
— Kim meni qahvamni ichdi?, - deb yana bir martta so‘rabdi.
Yana javob bo‘lmabdi.
Uchinchi martta ham jahl bilan, — Kim meni qahvamni ichdi?, - so‘rabdi.
Bir barzangi yigit o‘rnidan turib:
— Men ichdim, - desa,
— Bulochkani nega yemadingiz?, - dermish talaba.
Eh qanday zamonda yashayapmiz...
Ayollarni yuzida yarim kilo atir-upa bo‘lsa ham hech kim indamaydi. Lekin erkakning yuzida ozgina lab bo‘yog‘i ko‘rib qolishsa, ... qiyomat bo‘ladi-ya!