Voyaga yetgan yigit ota-onasiga:
— Oyijon, adajon! Bugundan boshlab men o‘zim alohida, mustaqil yashayman!
Ota-onasi:
— Juda yaxshi o‘g‘lim. Seni ulg‘ayganingdan xursandmiz, - deyishibdi.
O‘g‘li esa:
— Mana sizni narsalaringiz, yig‘ishtirib qo‘ydim, - dermish.
— Bilasanmi do‘stim, donolik ham bir kasallik ekan.
— Tashvishlanma, sen soppa-sog‘san!
O‘qituvchi o‘quvchisiga debdi:
— Hasanboy, nega sen yozgan inshodagi xatolar partadoshing bilan bir xil?
O‘quvchi:
— Chunki, bizni o‘qituvchimiz bitta-da!
Xotin eriga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, gaplasha olasizmi?
— Ha.
— Unda meni eshiting...
Ruhshunos mijozidan so‘rabdi:
— Men itman degan fikr sizda qachon paydo bo‘lgan?
Mijoz o‘ylanib turib:
— Yosh kuchukchaligimda, - dermish.
Har bir xonadondan soliqlarni yig‘ib yurgan inspektor navbatdagi eshik qo‘ng‘irog‘ini bosibdi.
Ichkaridan bo‘yniga 1sm diametrlik oltin "tros" taqib chiqqan yetti-sakkiz yoshli bola chiqib:
— Sizga kim kerak, - debdi og‘zidagi sigaretni chuqur tortib.
— Uyda kattalar bormi?
— O‘zingiz nima deb o‘ylaysiz, - dermish sigaretni yana bir martta tortib.
Bir tashkilot xodimlari har kuni ertalabki 9:00 dan kechki 22:00 ga qadar ishlashardi.
Xodimlardan biri bo‘lsa 9:00 da ishga kelib, roppa-rosa 18:00 da ketardi.
Qolganlar hayron bo‘lib boshliqdan so‘rashibdi:
— Nega anavi xodim ham bizga o‘xshab soat 22:00 da emas, 18:00 da ishdan ketadi?
Boshliq:
— O‘rtoqlar, axir u xodimimiz mehnat ta’tilida!, - debdi.
O‘rmonda hamma hayvonlar gaplashib o‘tirsa, quyon kelib:
— Qani, bu yerda kim zo‘r?!, - debdi.
Hamma hayvonlar jim!
— Hamma ming so‘mdan chiqarsin!, - debdi quyon.
Ertasi kuni yana quyon kelib hammadan pul yig‘ib ketibdi.
Uchinchi kun hayvonlar bo‘riga:
— Men zo‘rman degin! Bu shalpang quloq nima qila olardi!, - deyishibdi.
Quyon kelib:
— Qani, bu yerda kim zo‘r?!, - desa, bo‘ri:
— Men!, - debdi. Shunda quyonni orqasidan sher chiqib:
— Zo‘ring besh ming, qolganlaring ming so‘mdan yig‘laring!, - dermish.
E’londan:
Korxonada muntazam ravishda maosh berish cho‘zilsa-da, ko‘ngili to‘q yuradigan xodimlar ishga qabul qilinadi.
Ona besh yoshli o‘g‘liga tanbeh beribdi:
— Hadeb qo‘shnimizni uyiga chiqaverma! O‘zini bolalari ko‘p, yoqmaysan!
O‘g‘li:
— Nega endi? Har chiqqanimda, onasi:
— Kelaqol. Sen yetmay turganding o‘zi!, - deydi-ku...