Putin Rossiya yo‘llarida 120 km/s tezlik bilan ketayotgan vaqt, undan oldinda 200 km/s tezlikda asfalt yotqizuvchi mashinalar ketib borar edi.
Qizil shapkacha o‘rmonda ketayotsa, oldidan bo‘ri chiqib:
— Salom yashil shapkacha, - debdi.
Qizil shapkacha esa:
— Salom, kul rang, daltonik bo‘ri!, - dermish.
Bir kuni ota-bola uyga Imzo derazalarini o‘rnatayotsa, adasi o‘g‘liga:
— O‘g‘lim, ehtiyot bo‘l! Bu derazalar juda qimmat turadi, - desa, o‘g‘li adasini eshitmay qolibdi-da, derazani sindirib:
— Nima deysiz, eshitmadim...?, - dermish.
Ertalab kelin kaftlarini yerga tekkazib, mashq qilayotsa, qaynonasi unga qarab:
— Salom bersangiz bo‘ldi. Ta’zim qilishingiz shart emas!, - debdi.
— Do‘stim, restoranda bepul ovqatlanish yo‘lini topdim!
— Qanday yo‘l ekan?
— Hashamatli biror restoranning yopilishiga ozgina vaqt qolganida kiramiz. Istaganimizcha taom buyurtma berib, ovqatlana boshlaymiz. Ish vaqti tugab, ofitsiantlar birin-ketin uyga keta boshlashadi. Oxirgi qolgan ofitsiant bizdan pulni so‘rasa, biz uni sherigi pulni olganini aytamiz.
— Zo‘r-ku, qoyil. ketdik.
Restoranda ofitsiant:
— Kech bo‘lib qoldi. Restoran yopiladi. Marhamat qilib hisob-kitob qilsangiz...
— Iye, biz boshqa ofitsiantga pulini allaqachon to‘lab bo‘lganmiz. Qaytimini berasizlarmi, yo‘qmi?
Er xotini bilan hazillashmoqchi bo‘lib debdi:
— Azizam, senga bir sirni ochishim kerak!
— Nima sir ekan?
— Meni kechira olasanmi?
— Ichimni qizdirmasdan, ayting tezroq!
— Bizni qizimiz seni farzanding emas...
Avtotest bitiruvchisi, chiroyli bir qiz kasalxonada:
— Ayting-chi doktor, ahvoli qalay?
— Juda yomon. Yuragi infarkt bo‘lgan. Qo‘l va oyoqlari singan. Agar gapingiz bo‘lsa, ayting! Men yetkazib qo‘yaman.
— Unda so‘rangchi, haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihondan o‘tibmanmi?
Poyezdda ketayotgan yo‘lovchi ehtiyotsizlik qilib, kupe eshigini qattiq yopib yuborgan ekan, soqov yo‘lovchining qo‘lini siqib qo‘yibdi.
Natijada esa, soqov odam:
— Voy dod!, - deb baqirib yuboribdi ...
Bir kishi do‘kondan ko‘mir sotib olsa, o‘ramni ustida quyidagicha yozib qo‘yilgan ekan:
"Mazkur ko‘mirni yoqish uchun 3434 raqamiga SMS yuboring".
Sochi to‘kilib, kal bo‘layotganlarga retsept:
Boshingizga asal surib, uch kun kuting. So‘ng asalga qo‘ngan pashshalarni cho‘chitib, uchirib yuboring. Pashshalarning oyoqchalari esa boshingizda qoladi.