Bir yigit Sibirga, do‘stini uyiga mehmonga boribdi. Ovqatlanib o‘tirsa, oyog‘ini ostidan kalamushdek keladigan jonzod o‘tib qolibdi.
Shunda mehmon:
— Shu sovuqda kalamush nima qiladi?, - desa.
Mezbon:
— Bu kalamush emas. Palto kiygan suvarak!, - dermish.
Bir kuni savlatli kiyingan erkak, avtobus bekatida odob bilan hammani o‘tkazib yuborib, oxirgi bo‘lib o‘zi avtobusga chiqibdi. Lekin kutilmaganda oyog‘ini eshik siqib qolgan ekan,
— Padaringga la’nat, eshshak, hayvon! Och eshikni xezalak! Nima ko‘rmisan ahmoq, ..., - deb so‘kina boshlabdi.
Qo‘rqib ketgan haydovchi shu zahoti eshiklarni ochibdi. Boyagi erkak darhol o‘ziga kelib, ust-boshini to‘g‘rilab, hushmuomalalik bilan:
— Uzr so‘rayman! Juda qo‘rqib ketdim-da..., - dermish jilmayib.
— Keling singlim! Nima xizmat?
— Idorangizga ishga kirmoqchi edim...
— Yaxshi. Faqat talablarimiz bor. Masalan, 90x60x90, ...
— 486 ming!
— Hali oxirigacha aytib ulgurmadim-ku... Mayli bizga hisobchi ham kerak edi, olamiz!
Bir ayol dugonasiga maqtanibdi:
— Men yog‘larga qarshi kurash boshladim!
Dugonasi unga qarab turib:
— Juda ko‘plarini asir olishga ham ulguribsan.
Yosh uchuvchi qo‘nish maydonchasiga yaqinlasha turib, dispecher bilan hazillashmoqchi bo‘libdi. Ratsiyani ko‘tarib:
— Allo, kimligimni top-chi?, - desa, dispecher qo‘nish maydonidagi hamma chiroqlarni o‘chirib qo‘yibdi-da:
— Qayerga qo‘nishingni top-chi, - dermish.
Bir mast odam eski chiroq topib olibdi. Ishqalasa, ichidan jin chiqib:
— Tila tilagingni! Uchta tilagingni bajaraman, - debdi.
Mast odam unga:
—Kel yuzta-yuzta olaylik!
— O‘ylab ko‘r. Bu birinchi tilaging hisobidan ketadi.
— Mayli. Qani oldik.
— Endi ikkinchi tilagingni ayt!
— Yana yuz-yuz quy!
— Hoy inson, yaxshiroq narsa so‘rasang-chi?
— Ey, quy degandan keyin, quyda! Qani oldik.
— Balki uchinchi tilagingga biror nima so‘rarsan!
— Yana yuzta-yuzta olaylik!
— Sen aqldan ozibsan! Bu oxirgi tilaging.
— Mayli, roziman, - deb ichib yuborishibdi.
Jin chiroqqa qaytib kirib ketibdi-yu, besh daqiqadan keyin qaytib chiqib kelib:
— Mayli, to‘rtinchi tilagingni ham tila! Men roziman!, - dermish.
Stomatolog bemorni ko‘rikdan o‘tkaza turib:
— Tishingizda katta kovak bor, katta kovak bor, katta kovak bor...
Bemor hayratlanib:
— Dokor, nega bu so‘zni uch martta takrorladingiz?
— Men bir martta aytdim. Qolganlari kovakdan chiqayotgan aks-sado bo‘lsa kerak.
Xotin eriga:
— Hoy dadasi, o‘g‘lingizga ayting, internetni yig‘ishtirsin! Darsini qilsin!
— Onasi, o‘zing ayt! O‘g‘ling meni "chyornыy"ga kiritib qo‘ygan.
Yuk tashuvchi Erboboyev o‘n oltinchi qavatga og‘ir qopni olib chiqar ekan, "yomon liftyor" so‘ziga yuzta sinonim ayta oldi!
Qabriston go‘rkovi sport jihozlari do‘koniga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, bu hafta nechta mototsikl sotdingiz?
— Beshta!
— Demak, yana bittasi qayerdadir sang‘ib yuribdi...