Folbin yoniga kelgan ayolga debdi:
— Sizni eringizni katta xavf kutmoqda!
Ayol bo‘lsa:
— Buni bilaman! Siz aytingchi, meni qamashmaydimi?!
— Azizam, sen meni kuchliroq sog‘inishing uchun uzoq vaqt kelmadim...
— Yaxshi. Tanishing, bular sizning nabiralaringiz!
Ikkita yigit Amerikada sayyohat qilib yurishsa, maktabda yong‘in bo‘layotgan ekan.
— Kel, biz ham yordam beraylik! Sen bolalarni derazadan tashla, men ilib olaman, - debdi sherigiga.
Do‘sti birin-ketin bolalarni tashlay boshlabdi. Pastda turgan yigit hamma bolalarni ilib olaveribdi-yu, negrni bolasini ushlamabdi.
— Nega ushlab qolmading, - desa, pastda turgan yigit:
— Sen kuyganlarini tashlama-da!, - dermish.
Telegramdagi suhbatda:
— Siz juda-yam go‘zal qiz bo‘lsangiz kerak?!, - so‘rabdi yigit.
Qiz:
— Nega unaqa deb o‘ylayapsiz?, - debdi qiz nozlanib.
Yigit:
— Tabiat bunday ahmoqlik bilan faqat go‘zallikni uyg‘unlashtira oladi-da...
— O‘rtoq, tayyor mahsulotlarni ombordan olsam arzonroq-mi yoki dilerdanmi?
— Ey do‘stim, ombor qorovullaridan olsang arzon bo‘ladi!
— Nima bilan shug‘ullanasiz?
— Men ayni damda odamlarni hayotdagi o‘rnini topishga yordam beraman.
— Ruhshunosmisiz?
— Yo‘q, taksi haydovchisiman!
— Yaqinda internetda o‘qidim. Bitta millioner hamma boyligini yoshligida sevgan qiziga vasiyat qilibdi.
— Nima uchun? Axir u ayol unga turmushga chiqmagan-ku?
— Shuning uchun ham unga minnatdorlik bildirgan-da...
Ixtirochi do‘stiga dedi:
— Men huddi odamga o‘xshab ketadigan kompyuter yaratdim.
— Ho‘sh, nimasi odamga o‘xsharkan?
— O‘zi xato qilib qo‘yib, boshqa kompyuterga to‘nkab turaveradi.
Xotin eriga nolibdi:
— Bilganimda, sizgamas, shaytonga turmushga chiqardim!
Eri:
— Aka-singillar turmush qurishmaydi, - dermish.
Yangi tanishuv xizmati ochilibdi.
— Allo, yaxshi qiz, siz bilan tanishsak bo‘ladimi?
— Bo‘ladi. O‘zingizni tariflab bering.
— Men past bo‘yli, to‘lachadan kelgan, soch-soqoli o‘sgan...
— Alish, sanmisan?!